Faculty of Chemistry and technologies

Kimyo va texnologiya fakulteti Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2018 yilning 26 avgustida sobiq texnika FAKULTETI bazasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 65 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 3 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 13 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 7 nafari kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 15 nafari katta o‘qituvchilar va 27 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetning professor-o‘qituvchilaridan 2 nafari doktorlik, 8 nafari esa kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Ayni paytda, fakultetda: 5 ta kafedra,  11 ta ta’lim yo‘nalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi, 02.00.01–noorganik kimyo va 02.00.13 –noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha  tayanch doktorantura va 02.00.01-noorganik kimyo ixtisosligi bo’yicha doktorantura mavjud bo‘lib, ularda: 825 nafar bakalavrlar, 40 nafar magistrantlar,
9 nafar tayanch doktorantlar va 3 nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.

Shuningdek, fakultetda 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F7-34-sonli “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental Davlat granti va 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ–20170926176 “Surxondaryo viloyatida yerosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini  ajratib olish” mavzusidagi  maqsadli amaliy Davlat granti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Termiz davlat universiteti huzuridagi 02.00.00- kimyo fanlari sohasida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi
PhD. 03/30.12.2019.T.78.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:

02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi,

02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi,

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari bo‘yicha).

Kimyo va texnologiya FAKULTETIga 2018 yilning 4 sentyabridan, kimyo fanlari doktori, professor X.X. To‘rayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Fakultet ma`muriyati:

KIMYO VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI DEKANI

FIO: To‘rayev Xayit Xudaynazarovich,  

kimyo fanlari doktori, professor

Qabul vaqti: Dushanba, payshanba 1400-1700

Telefon: (+998 91)  579-06-33 ; ( +99876) 221-74-78

E-mail: hhturaev@rambler.ru

 

 

O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

FIO: Tillayev Xolmamat Raxmonovich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Dushanba, juma 1400-1700

Telefon: (+998 97) 530-143-70

E-mail: txolmamat@rambler.ru

 

 

ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

FIO: Allaberdiyev Farxod Xamrayevich,

kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Qabul vaqti: Chorshanba, Seshanba 900-1200

Telefon: (+998 97) 242-10-47

 E-mail: Xamzayevnomoz@mail.ru

 

 

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI

FIO: Xamzayev Namoz Jovliyevich, katta o‘qituvchi

Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba  1400-1700

Telefon: (+998 93) 636-59-04

E-mail: Xamzayevnomoz@mail.ru

 

 

Fakultet kafedralari :

  • Noorganik va analitik kimyo kafedrasi
  • Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi
  • Sanoat texnologiyalari kafedrasi
  • Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi
  • Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasi

Fakultet ta’lim yo‘nalishlari :

Bakalavriat:

– 5410500 – kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi

–   5320400 – kasb ta’limi: kimyoviy texnologiya

–  532090– kasb ta’limi: yengil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi

–  5112100 – mehnat ta’limi

–  5140500 – kimyo

–  5320400 – kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

–  5320900 – yengil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

–  5321000 – oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

–  5112100 – texnologik  ta’lim

  • 5320900 - yengil sanoat buyumlari  konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi  (milliy tikuv buyumlari)
  • 5150900 – Dizayn (milliy kostyum)

Fakultet magistratura mutaxassisliklari va doktorantura ixtisosliklari:

5A140501 – kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) – noorganik kimyo

5A320401 – noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha)

5A11221101  -Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (mehnat ta’limi)

Tayanch doktorantura:

  • 00.01.–noorganik kimyo
  • 00.13 –noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

Doktorantura:   

02.00.01-noorganik kimyo