Termiz Davlat Universiteti rektoriga murojaatlarni yo'llash ushbu bot orqali amalga oshiriladi @Terdu_rektori_bot

Assalomu alaykum. Men magistratura 1-kurs talabasiman. Rektor qabul kuni qachon? 2 ta masalada taklifim bor edi.
Rektorning qabul kunlari chorshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha va juma kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
Maktabgacha ta’lim fakultetiga magistraturasiga yana qo‘shimcha kontrakt asosida yoshlarni qabul qilishingizni so‘rayman
Mazkur murojaatdagi masala yuzasidan vakolatga ega bo‘lgan OO‘MTVga taklif tayyorlanmoqda
Magistraturaga kabul jarayonida va kirish imtihonlarida mehnat faoliyatni (staj) hisobga olishsa yaxshi edi, ya’ni stajni ham inobatga olib qo‘shimcha imtiyoz ballni joriy qilishsa yaxshi bo‘lar edi
Mazkur murojaatdagi masala yuzasidan vakolatga ega bo‘lgan OO‘MTVga taklif tayyorlanmoqda
Assalamu alaykum ustoz. Taklifim shundan iboratki, unversitetimizda market ochsak, barcha talabalar bozorga bormasdan unversitetimizning ichida kerakli bo‘lgan mahsulotni olar edi
Ushbu masala yuzasidan aniq takliflar va loyihalar bo‘lsa rektorat mas’ullari bilan ko‘rib chiqiladi.
Assalomu alaykum. Taklifim bor edi. 1 va 2- guruh nogiron talabalar uchun bir o‘quv yili uchun qo‘shimcha 1 yoki 3 oylik ta’til berilsa, nogironlar esa bu vaqt davomida sog‘liklarini tiklash uchun vaqtga ega bo‘lardi. Qolaversa, ularga hozirgi dars jarayoni sog‘ligi uchun qiyin deb o‘ylayman. Ayniqsa, ko‘zi ojiz talabalarga
Mazkur murojaatdagi masala yuzasidan vakolatga ega bo‘lgan OO‘MTVga taklif tayyorlanmoqda
Assalom alaykum. Men hozir 2 kurs tarix yo‘nalishi talabasiman. Yozda o‘qishimni Toshkentga ko‘chirmoqchi edim, shu qanday amalga oshiriladi?
O‘qishni ko‘chirish, tiklash masalasi davlat komissiyasiga 15 iyuldan 5 avgust oralig‘ida ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin
Assalomu alaykum. Taklifim: o‘qishni xorijdan ko‘chirganlarning talabalikka qabul qilinganligi haqidagi buyruqni talabalarning o‘zi bilishi uchun biron sharoit qilib bersangizlar (albatta bundan xabardor qilish). Keyin kupchilik kursdoshlarim kontrakt tulovi qilishda qiynalmoqda, shartnoma raqami o‘zgargan, deyishyapti, shuni ham aniqlashtirib beringlar
Talabalikka qabul qilish buyrug‘i bilan  fakultet dekanatida tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga http://marketing.tersu.uz/ sahifamiz orqali onlayn shartnoma olish imkoniyati yaratilgan
Assalomu alaykum. Men magistraturaga hujjat topshirganman. Balim yetmagan edi, ariza topshirgan edim, shuni ko‘rib chiqib amaliy yordam qilishingizni xohlar edim
Qabul ko‘rsatkichlarini belgilash va qo‘shimcha qabul jarayonlari o‘rnatilgan tartibda vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi
 
 
 
Assalomu alaykum! Kunlar isib ketdi. Surxondaryoda bahor erta keladi.  Mart oyidan boshlab 1 smenadagi darslarni 8-00 dan boshlash maqsadga muvofiq.
Termiz davlat universiteti rektorining 2020 yil 28 noyabrdagi №476-U buyrug‘iga asosan dars jadvali bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi vaqtini ta’lim yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatiga qulay shart sharoit yaratib berish maqsadida, kunlarning isib ketishini hisobga olib 2020 yilning 1 aprel sanasidan boshlab dars jadvali asosida mashg‘ulotlar boshlanish vaqti 1-smenada soat 8-00 dan belgilangan.
Assalomu Alaykum! Mening savolim quyidagidan iborat: Stepindiyasiz kontraktda o‘qib, semestrni barcha fanlardan 5 bahoga yakunlagan bo‘lsa, unga qandaydir stepindiya yoki yengilliklar bormi?
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOMning 3-bobiga asosan: Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘laridan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘lari  hisobiga talabalarni moddiy  qo’llab-quvvatlash oliy ta’lim muassasasining kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Jamg‘arma mablag‘laridan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga to‘lov qaysi shaklda (stipendiyali yoki stipendiyasiz) amalga oshirilishidan qat’i nazar, belgilangan mezonlar asosida rag‘batlantirish to‘lovlari tayinlanadi.
2021 yil 11 yanvarda hamma kurs talabalari uchun majburiy o‘qish boshlangandi, lekin qarorda ayrim talabalar uchun masovafiy ta’lim olishga ruxsat berilgandi, bizda ham masofaviy o‘qishga ruxsat beriladimi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi №07/1-234 sonli xatiga asosan 2021 yil 11 yanvardan barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilgan.O‘quv jarayonini masofaviy tarzda davom ettiradigan (ob’ektiv sabablarga ko‘ra- kasal, homilador, yosh farzandi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar) talabalar bazasini shakllantirish va ularga sharoitlar yaratilishi va masofadan o‘qishga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan
Mening taklifim shundan iboratki Termiz davlat universitetida xam respublikamizdagi ba’zi Universitetlar kabi xaftasiga 5 kunlik dars bo‘lsa Shanba kunlari amaliy jarayonlarga jalb etilsa menimcha foydaliroq bo‘lardi
Termiz davlat universiteti rektorining 2020 yil 28 noyabrdagi № 476-U buyrug‘iga asosan dars jadvali bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi vaqtini ta’lim yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayoni jadvaliga muvofik 2020 yil 1 dekabrdan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga 5+1 va magistrlar uchun 4+2 dars jadvali asosida mashg‘ulotlar boshlangan. Bakalavrlarga shanba kuni magistrlarga juma va shanba kunlari amaliyotlar va mustaqil ta’lim kunlari belgilangan.
 
 
Sirtqi ta’lim shaklidan kunduzgi talimga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi yoki sirtqi ta’limdan kechki ta’limga o‘tkazsa?
Tahsil olayotgan kursingizni muvafaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng
 15-iyuldan 15-avvgustga qadar arizalar qabul qilinadi
Moliya yo‘nalishini sirtqi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyman. Shu o‘qishimni sirtqidan kunduzgiga o‘tkazishga amaliy yordam qiling.Oilaviy sharoitim to‘gri keladi. Javob uchun rahmat.
Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida
 2-mutuxassislik Moliya ta’lim yunalishi mavjud. Sirtqi ta’limda Moliya ta’lim yunalishi mavjud emas. Izox: Bu talaba qaysida o‘qishida o‘qishini aniqlik kiritish lozim
Prezidentimiz ayrim yo‘nalishlarni 2020 yildan 3 yil qilib belgilagan edi, shu sirtqilargayam amal qiladimi?

Sirtqilar uchun ko‘zda tutilmangan
sirtqining barcha ta’lim yo‘nalishlari 5 yil etib belgilangan

2-mutaxasisilik bundan mustasno 
Qo‘shni davlatlardan sirtqi ta’limga perivod bo‘lganlarga oldinga safar 1 hafta o‘qish bo‘ldi bu safar esa 1 oy o‘qish bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirgan talabalar ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib fakultetlarga biriktirilgan  fakultetlar o‘quv jarayonlarini o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘qishga chaqirishlari belgilangan

Assalomu alaykum! Mening savolim shundan iboratki, men Termiz davlat universitetining Tarixda (sirtqi) 3 kursda o‘qiyman, bizga 1-martdan o’qish boshlanadi, men yakuniylar boshlanguncha o‘qishimni onlayn tarzda olib borsam bo‘ladimi?

Sirtqi 3-kurs  talabalariga darslar onlayn yoki ananaviy bo‘lishi dars boshlanishidan oldin Terdu Rektorining Terdu@340 rasmiy telegram kanali orqali e’lon beriladi

Assalomu alaykum! Men “o‘qishda o‘qiyapti” degan ma’lumotnoma ololmayapman.  Men Tojikistondan TerDUga o‘qishimni ko‘chirib kelganman, sirtqida o‘qiyapman. Shu masalada ijobiy yordam bersangiz.

Talabalik haqidagi  buyrug‘ingiz mavjud bo‘lsa ma’lumotnoma olishingiz mumkin

Assalomu alaykum! Maktabgacha Ta’lim yo‘nalishi talabasiman. Doimiy Yashash joyim Buxoro viloyati Buxoro tumani. 3 Farzandning onasiman,kichkinam hali 1 oylik,turmush o‘rtog‘im ishsiz,oilaviy sharoitimdan kelib chiqqan holda o‘qishimni bahorgi 2 semestrdan boshlab, Buxoroga ko‘chirishingizni iltimos qilib so‘rayman.

Talabalarni o‘qishni ko‘chirish va tilklash nizomiga asosan o‘qishni ko‘chirish joriy yilning 15-iyuldan 15-avgustga qadar amalga oshiriladi
1-kursni muvafaqiyatli yakunlangandan so‘ng

Assalomu alaykum, ustoz men Biologiya sirtqi 2 kurs talabasiman, sizdan bitta narsani suramoqchi edim, sirtqida o‘qiydiganlarni o‘qishi qachon boshlanadi iltimos javobini ayting

Sirtqi ta’lim 2-kurs  4-semestrlari  2021 yil 1 apreldan o‘quv jarayonlari boshlanishi ko‘zda tutilgan qo‘shni davlat bundan mustasno