Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TERDU TALABA-YOSHLARI SEMINARDA ISHTIROK ETISHDI

211 Views

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining konferentsiyalar zalida Termiz davlat universitetining professor-o’qituvchi, talaba-yoshlari hamda markaz rahbar-xodimlari ishtirokida ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Tadbirni markaz direktori o’rinbosari Jo’rabek Cho’tmatov kirish so’zi bilan ochib,  yig’ilganlarga O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom ilmlari” kafedrasi mudiri Davron Maqsudovni tanishtirdi.

D.Maqsudov o’tkazilayotgan seminarning mazmun-mohiyati to’g’risida yig’ilganlarga ma’lumot berib,  Prezidentimizning 2017 yil 14 fevraldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o’rganish va xalqaro jamoatchilik o’rtasida keng targ’ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishi to’risida ma’ruza qildi.

Tadbir so’ngida professor-o’qituvchi va talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir ishtirokchilaridan javoblar olishdi.

MA’LUMOT O’RNIDA: Imom Termiziy hozirgi Sherobod tumanida milodiy 824 yilda dunyoga kelib, 892 yilda vafot etgan.

Abu Iso Termiziy o’ndan ortiq asar yaratgan. Ular orasida eng mashhuri «Sunani Termiziy» («Sahihi Termiziy») kitobidir. Bu boshqa hadislar to’plamlari orasida tartibi eng ixcham asardir.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support