Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TIL BOR EKAN-MILLAT BARHAYOT

208 Views

Bundan 29 yil muqaddam o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan va bu O’zbekistonimizning o’z mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab olishdagi ilk qadamlardan biri bo’lgan edi.

O’zbek tiliga davlat tili berilganligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi A.Navoiy bog’ida tashkillashtirilgan tadbirda Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchi va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida yig’ilganlar A.Navoiy haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shundan so’ng tadbirni Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Begimqulov Chori Rahmonovich kirish so’zi bilan ochib yig’ilganlarni qutlug’ sana bilan tabrikladi.

Termiz shahridagi San’at saroyida davom ettirilgan tadbir boshida Surxondaryo viloyati hokimi Bobolov To’ra Abdievich  ishtirokchilarni O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bilan tabrikladi.

Sana munosabati bilan so’zga chiqqan Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari tilimizning tarixi, uning naqadar boy til ekanligi to’g’risida ma’ruzalar qilgan bo’lsalar, talaba-yoshlarimiz tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko’rinishlari yig’ilganlar qalbida o’zgacha ruh bag’ishladi.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support