Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TERDUGA  BANGLADESH ELCHISI TASHRIF  BUYURDI

116 Views

Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan va uning maslahatchisi Nripenda Chandra Debnath Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet rektori A.Toshqulov kutib oldi hamda Bangladeshning O’zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarining Termiz davlat  universitetiga tashrifi oliy o’quv yurti bilan tanishish va ikki mamlakat universitetlari orasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida tashkil etilayotganidan mamnun ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekiston va Bangladesh universitetlari o’rtasida hamkorlik yo’nalishlari to’g’risida fikrlashish bilan birga talabalar va o’qituvchilar almashinuvi, hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalarini ko’rib chiqdilar. Uchrashuv so’ngida universitet rektori A.Toshqulov va Mosud Mannan bir-birlariga esdalik sovg’alari topshirib tarixiy voqeylikni  eslatib turuvchi suratlarga tushishdi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support