Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



STARTAP-TASHABBUSLAR

133 Views

Termiz davlat universitetining Arxitektura va qurilish fakulteti faollar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondrayo viloyat kengashi, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Dasturiy ta’minot mahsulotlari va axborot texnologiyalari parki bilan hamkorlikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish” qo’shma loyihasi ko’magida «Startap-tashabbuslar» yoshlarning innovatsion g’oyalari va startaplari loyihalarini qo’llab quvvatlash dasturini amalga oshirish maqsadida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari talaba-yoshlarga ta’lim sohasiga oid loyihalar, virtual reallikka asoslangan savdo maydonchalari, startaplar va boshqa loyihalar, shuningdek, ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanishni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari hamda tibbiyot, reklama, turizm sohasidagi boshqa loyihalar ustida ishlashlari uchun zaruriy ko’rsatmalar berishdi.

Bilib qo’ygan yaxshi: «Startap-tashabbuslar» Dasturi 2016 yildan buyon amalga oshiriladi va yoshlarni o’z startaplarini yaratishda hamda tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishda qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Dastur BMTTD, Savdo-sanoat palatasining qo’shma faoliyati mahsuloti hisoblanib, joriy yil «Yoshlar-kelajagimiz» davlat dasturining vazifalarini bajarish doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida, shuningdek Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko’magida amalga oshirilmoqda.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support