Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



GERMANIYALIK EKSPERT – TerDUda

121 Views

Bugungi kunda yurtimizda 19 mingga yaqin talaba nemis tilini o’rganmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan nemis tili o’qituvchilari 3 mingdan ziyod. 800 dan ortiq O’zbekistonlik talaba va ilmiy tadqiqotchi Germaniya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shu kunlarda esa Germaniyalik ekspert janob Yoxannes Shtikl Termiz davlat universitetida mehmon bo’lib turibdi.Janob Yoxannes Shtikl Xorijiy filologiya fakulteti “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari va Nemis tili ta’lim yo’nalishining talaba-yoshlari uchun “Nemis tili o’qitish metodikasi va didaktikasi” mavzusida seminar o’tmoqda.Shuni alohida ta’kidlash joizki, janob Shikl bunday seminarlarni “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi professor – o’qituvchilari hamda Ingliz tili ta’lim yo’nalishi  talaba-yoshlari  uchun ham o’tkazmoqda.Shuningdek, janob Shtikl fakultetdagi mavjud kafedralar o’qituvchilarining ma’ruza va amaliy darslarini o’zaro tahlil qilib, ularning kasbiy faoliyati uchun metodik-didaktik tavsiyalar bermoqda.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support