Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



FAOL TARJIMONLAR MUNOSIB TAQDIRLANISHDI

88 Views

Joriy yilning 24 avgust kuni Termiz shahrida “O’zbekiston – buyuk yo’llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi doirasida “O’zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ nomli xalqaro arxeologik forum bo’lib o’tgan edi.

Ushbu nufuzli forumda 80 dan ortiq mamlakatdan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari ishtirok etishdi.

  Forumni o’tkazishda, tashkilotchilar tomonidan Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda o’ttizdan ortiq o’qituvchi va talabalardan iborat tarjimonlar guruhi shakllantirildi. Ular chet ellik mehmonlarga vohaning turistik imkoniyatlarini keng targ’ib qilish maqsadida o’zbek, ingliz va rus tillaridagi sayyohlik xaritasi hamda “Surxondaryo” nomli jurnal yordamida yigirmadan ortiq ziyorat, buddizm, tarixiy-me’moriy, tibbiyot, ekologik va madaniy-ko’ngilochar turistik ob’ektlar bo’yicha yetarlicha ma’lumotlar berishdi.

  Bugun ushbu olamshumul tadbirda faol ishtirok etgan TerDUning bir guruh gid-tarjimonlariga Surxondaryo viloyati Turizmni rivojlantirish boshqarmasining Tashakkurnomalari topshirildiphoto_2019-09-04_18-40-00photo_2019-09-04_18-40-02photo_2019-09-04_18-39-55

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support