Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



MAGISTRLIK DIPLOMLARI TOPSHIRILDI

463 Views

Talabalik insonning mustaqil hayotga qo’ygan ilk qadamidir. Bu davrda mustaqil hayotga bo’lgan qiziquvchanlik hamda soddadillik uyg’unlashuvi umrning yangi bir qiziqarli bosqichini hosil qiladi.
Kechagina bakalavrlik diplomlarini olib o’z o’qishini magistraturada davom ettirish, bilim va ko’nikmalarini yanada oshirishni niyat qilgan talabalar bugun ko’zlarida quvonch, yuzlarida tabassum bilan universitet magistrlariga diplom topshirish tadbiri qaxromonlariga aylanishdi.
Termiz davlat universitetida tashkil etilgan tadbir avvalida universitet rektori A.Toshqulov so’zga chiqib barcha bitiruvchilarni eng esda qolarli kunlaridan biri bilan tabriklab, orzulari ro’yobini, kasbiy sohalarida omad yor bo’lishini tilash bilan birga o’zining talabalik davrida yuz bergan qiziqarli voqealar, ustozlar o’giti, yoshlikdagi orzu-havaslaru, ularning ijobati to’g’risida yig’ilganlarga so’zlab berdi.
Shundan so’ng professor-o’qituvchilardan I.Allakov, P.Bakirov, H.To’raevlar so’zga chiqib bitiruvchilarga o’zlarining eng ezgu tilaklarini bildirishdi.
Tadbir so’ngida magistratura bitiruvchilaridan V.Narzullaeva hamda V.Sakbaevalar so’zga chiqib universitetda ta’lim-tarbiya, bilim bergan ustoz – murabbiylariga barcha bitiruvchilar nomidan o’z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
Ma’lumot o’rnida: 2019 yilda magistraturaning 15 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha jami 65 nafar talaba o’qib bitirdi va magistrlik diplomi olish baxtiga muyassar bo’ldi.1020304050607

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support