Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDU yoshlari “TAFAKKUR SINOVLARI” g’olibi

485 Views

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi”da oliy ta’lim muassasalarining talabalari o’rtasida “Tafakkur  sinovlari” respublika tanlovini o’tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari, TerDUning “O’zbek mo’’jizasi”, TerDU Denov filialining “Chag’aniyon”, Toshkent davlat Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti Termiz filialining “Xumo”, Toshkent davlat Tibbiyot akademiyasi Termiz filialining “Zukko shifokorlar”, Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialining “Parlament” hamda Toshkent Texnika universitetining “Janub muxandislari” jamoalari o’zaro bellashdilar.

Tanlov yakunlarigi ko’ra 129 ball to’plagan TerDUning “O’zbek mo’’jizasi” jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritib, ko’rik tanlovning hududiy bosqichida qatnashish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Tafakkur  sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi joriy yilning 22 may kuni Nukus shahrida bo’lib o’tadi.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support