Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



“Qatag’on qurbonlari” muzeyiga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi

257 Views

Muzeylarning yoshlar ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzeylarda saqlab kelinayotgan xalqimizning boy tarixi, noyob eksponatlarni asrab-avaylash, o’rganish, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish, yoshlarda muzeyshunoslik madaniyatin oshirish hamda ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilish, yoshlarimizni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi 12-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Qatag’on qurbonlari” muzeyiga tashriflari uyushtirildi.

O’quvchilar muzeyda zamonaviy dizayn va texnik vositalar, ekspozitsiya tarkibida sensor kiosklar, qatag’on davrining jafolarini aks ettiruvchi noyob arxiv ma’lumotlari, xotiralar, videolavhalar bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilarga muzeydagi eksponatlar, hujjatlar va videolavhalar bilan tanishishlarida muzey rahbari A.Boqiyev hamrohlik qildi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support