Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



MILLATLARO TOTUVLIK VA BAG’RIKENGLIK-BARQARORLIK OMILI

472 Views

Termiz davlat universitetida “Millatlaro totuvlik va bag’rikenglik-barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari O’.Qobilov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlaro munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalar qo’mitasi mas’ul xodimi F.Bekov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Mengnor Ollomurod, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh.Olimovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Davra suhbatida qayd etilganidek, bag’rikenglik o’zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o’rtasida do’stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi.

Tadbir doirasida diniy tashkilotlar, milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan O’zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini o’zida aks ettirgan videolavhalar, bosma nashrlar, suratlar, turli xalqlarning amaliy san’ati durdonalari ko’rgazmasi tashkil etildi.

 

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support