Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



15 may “Xalqaro oila kuni”

502 Views

Har yili mamlakatimizda 15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o’tkaziladi. Bu yil ham joylarda ushbu kun munosabati bilan turli tadbirlar, ko’rik-tanlovlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Termiz davlat universitetida ham “Faravon oila bunyodkori bo’laylik” shiori ostida Xayriya tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Termiz shahridagi 12-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, turmush qurganlariga ellik yildan ortiq bo’lgan oilalar, ko’p farzandli oilalar, boquvchisini yo’qotgan oila vakillari ishtirok etishdi.

Turmush qurganiga ellik yildan ortiq vaqt bo’lgan namunali, obro’-e’tiborli oila rahbari, keksa otaxon Chori Jumayev baxtli oila boshi bo’lish sir sinoatlari haqida yig’ilganlarga gapirib berdi.

Tadbir so’ngida namunali oila, ko’p farzandli oila, yosh oila, boquvchisini yo’qotgan oila vakillariga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support