Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDUda Xalqaro Konferentsiya ish boshladi

443 Views

Viloyatning nufuzli oliy ta’lim muassasasi bo’lgan Termiz davlat universiteti yana bir Xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda.b86625ae4cb7343e54b1f“Adabiy aloqalar va madaniyatlarning o’zaro ta’siri” mavzusida o’tkazilayotgan mazkur ilmiy-amaliy konfrentsiyada ishtirok etish uchun Eron, Tojikiston, Afg’oniston hamda yurtimizning barcha xududlaridan professor-o’qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar tashrif buyurdi.1 234c5c33c990f758f33d5dadMehmonlar mazkur nufuzli anjuman misolida oliygohda “Yangilanayotgan O’zbekiston”ga xos harakatlar amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof etib o’tdilar.
Anjumanning ochilish marosimi oliygohning muxtasham konfrentsiya zalida davom etdi. Unda universitet rektori so’z olib, mazkur tadbirning ahamiyati, qo’shni davlatlar bilan do’stlik aloqalarini mustahkamlashdagi o’rni haqida to’xtalib, konfrentsiya ishiga omad tiladi.95c754ac48f901751d7fda45c9f0f851471811f525Xalqaro xamkorlikni kuchaytirish, salohiyatli olimlar tayyorlash, hamda mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy aloqalarni rivojlantirishda millatlar do’stligining o’rni beqiyos ekanligini izohlash va ularni qadrlash, ta’lim-tarbiya muassasalarida xalqaro hamkorlik aloqalarining istiqboldagi vazifalarini belgilab olish maqsadlarni ko’zlagan anjuman davomida adabiy aloqalar jarayoni va muammolari, qiyosiy va chog’ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik masalalari, oliy ta’limda Sharq tillarining o’rganilishi kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

a1f85182e3df299e92d3d ff1e2f3414352d1e3fb17Konfrentsiya ishiga kelib tushgan 300 ga yaqin ilmiy maqolalar uning nufuzi va ahamiyatini belgilab berdi. Ko’rilgan har bir masala ishtirokchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Ishtirokchilar mavzuga oid fikrlarini ilmiy asoslash orqali o’z takliflarini olimlar bilan o’rtoqlashishdi. Baxs va munozaralarga boy bo’lgan anjuman yuqori saviyada davom etdi.

Tanaffus vaqtida mehmonlar viloyatning tarixiy obidalari  Al-Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat ziyoratgohlariga sayohat uyushtirishdi.135d57caa9651a42b5c39 261c875031ad6f8587aadAytish kerakki, barcha davrlarda ilm-fan, madaniyatlar mushtarakligi xalqlarni birlashtirgan, ularni hamkorlikka chorlagan. Ikki kun davom etadigan mazkur anjuman ham mamlakatlar o’rtasida yangidan yangi istiqbolli aloqalarni yo’lga qo’yishga xizmat qilishi shubhasiz.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support