Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDU: Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

385 Views

Termiz davlat universitetida istiqomat qilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali mehmonlari bo’sh vaqtlarida universitet talabalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalarni o’tkazishmoqda.

Shoir va olimlar ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan o’tkazildi.2d8370b9325ff10d2451eUnda Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan shoir, yozuvchi, publitsist, Turk yosh yozarlar birligi kengashi raisi Akbar Qo’shali hamda Andijon davlat universiteti professori Salima Mirzayeva hamda filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Zilola Eshonovalar ishtirok etishdi.c08cb8f00b74d0c83bc32Dastlab Ozarbayjonlik mehmon so’z olib, ikki xalqning azal-azaldan do’st-birodarligi, adabiy aloqalar xususida so’z yuritib, san’at va madaniyat rivojida o’tkazilayotgan festivalning muhim ahamiyatini e’tirof etib o’tdi. Shoir Akbar Qo’shali tadbir davomida o’zining go’zal she’rlaridan o’qib berib, barchaga ijod zavqini ulashdi.a65029ca047b8a2cfd4ceShundan so’ng universitetga tashrif buyurgan olimlar xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o’tkazilishi va o’zbek xalq og’zaki ijodining noyob namunalari xususida, bugun jamiyatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor xususida so’z yuritdilar.229c05ae9303083198992Mehmonlar uchrashuvda Surxon yoshlarining zukkoligi, hozirjavobligiga qoyil qolishdi. Ayniqsa, O’zbek filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Hafizova Feruzaning ozar tilida so’zlagani mehmonlarni hayratlantirdi. Uchrashuv mushoiraga ulanib ketdi. Tadbir so’nggida mehmonlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support