Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi

496 Views

1KAFEDRA TARIXI

Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti tarkibida 1994 yil umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi tashkil etildi. 1998-2002 yillar mobaynida kafedrani dotsent X.X. Zokirov boshqardi.

2002 yildan kafedra “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” deb nomlana boshladi. Bu davrda kafedraga dotsent R. Chorieyv rahbarlik qildi.

Universitet rahbariyatining kafedralarini yiriklashtirish tadbirlariga asosan 2010-2011 o’quv yilida kafedra bir o’quv yilida “Geografiya-ekologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsatdi.

2011 yil “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” kafedrasi deb nomlandi va kafedraga Nyu-York Fanlar Akademiyasining professori X.X. Zokirov rahbarlik qildi.

Universitet va kafedralar tuzilmasidagi o’zgarishlar munosabati bilan kafedra 2012 yildan “Ekologiya” kafedrasi deb nomlana boshladi.

2018 yil universitet strukturasiga o’zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi deb yuritila boshlandi.

2018 yildan kafedraga b.f.n. M. Abramatov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada 12 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan, 1 nafar dotsent: X.Zokirov; 2 nafar fan nomzodlari: b.f.n. katta o’qituvchi M. Abramatov, b.f.n. katta o’qituvchi F. Qo’chqorov; 1 nafar katta o’qituvchi: O. Normuratov; 8 nafar o’qituvchi: B. Almatov, A. Choriyev, S. Allayarov, L. Imomova, S. Tashkulov, O. Allanazarov, B. Muqimov, N. Choriyeva.

         Professor-o’qituvchilardan O. Normuratov, L. Imomova va B. Muqimovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Kafedrada ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishlari mavjud. Shundan ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishida 60 nafar, tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida 89 nafar talaba tahsil olmoqda.

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasining ilmiy faoliyati

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi innovatsion g’oyalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni hayotga tadbiq etish;

Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish;

O’zbekistonning janubiy hududi sharoitida kavsh qaytaruvchi hayvonlar gelmintlarining bioekologiyasini o’rganish;

Surxondaryo viloyati sharoitida tuproq unumdorligini oshirish;

Ekologiya va atrof-muhit uchun kam xavfli pestitsidlarni o’rganish.

Darslarni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida kafedrada ayrim fanlardan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan darsliklar ham yaratilgan. Masalan kafedra dotsenti X.X.Zokirov tomonidan yaratilgan “Agrokimyo” nomli o’quv qo’llanmasi hamda 2011 yilda “Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish” nomli darsligi o’zbek tilida ilk bor yozilgan asarlar bo’lib Respublika oliy o’quv yurtlari tomonidan eng yaxshi darslik sifatida tan olingan. Shuningdek, 2010 yilda 11 nomdan iborat o’quv qo’llanmalari ham kirill ham lotin alifbosida nashrdan chiqqan bo’lsa, kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan “Surxondaryo tabiati va ekologiyasi” nomli kitob, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tajriba mashg’ulotlari” hamda “Ekologiya va geografiya fanlaridan o’quv dala amaliyoti” nomli o’quv qo’llanmalari tayyorlandi va shuningdek dotsent Ibragimov Akram Javlievich tomonidan “Surxon davlat qo’riqxonasining florasi” nomli monografiyasining tayyorlanganligi tahsinga sazovordir.

Kafedraning bir qancha professor-o’qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan,

  1. Chorieva Nargiza Mamarajabovna- Eritrottsit va limfotsitlardagi membrana jarayonlarining gossipol va ularning hosilalari ta’siridagi modulyatsiyasi
  2. Abramatov Muhammadi Boyqobilovich- O’zbekiston janubida chorva mollarining trixosrongilidlari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari
  3. Qo’chqorov Astonaqul Musurmonqulovich- Surxondaryo viloyatining subtropik iqlimi sharoitida pekan yong’og’ini yetishtirishning agrobioekologik xususiyatlarini o’rganish
  4. Almatov Baxrom To’xtamurodovich – Surxon-Sherobot vohasi taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida kuzgi bug’doyni sug’orish rejimini o’rganish
  5. Tashqulov Salimjon Mamatnazarovich – Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida kartoshka hosili va sifatiga orgono-mineral o’g’itlarning ta’siri
  6. Muqimov Baxriddin Baxtiyorovich – Rukkolaning morfobiologik xususiyatlari va uni O’zbekiston sharoitida introduktsiya qilish
  7. Normuratov Oybek Ulug’berdievich – Taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida pomidordan yuqori hosil yetishtirishda biologik preratlar va azotli o’g’itlarning me’yorini aniqlash
  8. Choriyev Aliqul Jumaevich – Radioaktiv uranli tuproqlarda o’sayotgan o’simliklarning radioekologik effektlarini aniqlash
  9. Imomova Lobar Izzatulloevna – Taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida baqlajondan yuqori hosil yetishtirishda biologik preratlar va azotli o’g’itlarning me’yorini aniqlash
  10. Allanazarov Olim Yaxshiboevich – Donak mevali daraxtlarning asosiy zararkunandalari va ularga qarshi biologik kurashning samaradorligi
  11. Allayarov Sirojiddin Kamolovich – Respublikamiz janubiy hududlaridagi tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirishning texnologiyalari.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar.

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi quyidagi nufuzli oliy o’quv yurtlari

  1. Nyu-York Fanlar Akademiyasi,
  2. San-Fransisko universiteti
  3. Butunrossiya sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy-tadqiqot instituti
  4. O’zR FA Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti
  5. O’zR FA Zoologiya instituti
  6. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari ilmiy tadqiqot instituti
  7. Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiya ilmiy tadqiqot
  8. Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti
  9. Samarqand davlat universiteti
  10. Toshkent davlat agrar universiteti
  11. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
  12. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi

Kafedrada tashkil etilgan to’garaklar

Kafedrada professor-o’qituvchilar tomonidan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagi to’garaklar faoliyat olib borilmoqda:

  1. “Asr muammosi”- to’garak rahbari Qo’chqorov A.M.
  2. “Yosh ekolog”- to’garak rahbari Chorieva N.M.
  3. “Yosh sportchilar”- to’garak rahbari Allanazarov O.Y.
  4. “ZAKOVAT” intellektual o’yini- rahbar – Normuratov O.U., Almatov B.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan fanlar ro’yxati

  1. Ekologiya
  2. Agroekologiya
  3. Qurilish ekologiyasi
  4. Fizikaviy ekologiya
  5. Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv
  6. Muqobil energetika
  7. Ekobiotexnologiya
  8. Ekologik genetika
  9. Ekoturizm
  10. Ijtimoiy ekologiya
  11. Inson ekologiyasi
  12. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
  13. O’simliklarni biologic himoya qilish
  14. Tuproq biologiyasi va ekologiyasi
  15. Tuproqshunoslik
  16. Umumiy dehqonchilik va o’simlikshunoslik
  17. Tuproq geografiyasi va sistematikasi
  18. Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash
  19. Tuproq melioratsiyasi
  20. Tuproq kimyosi va fizikasi
  21. O’zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi
  22. Tuproq eroziyasi
  23. Tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish
  24. O’zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish
  25. Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash
  26. O’g’itlar va pestisidlar ekologiyasi
  27. O’simlikshunoslik
  28. Tuproq degradatsiyasi
  29. Tuproqshunoslikda GAT texnologiyalari
  30. Tuproq va atrof-muhitning ifloslanishi

Kafedra hayotidan foto lavhalar

“Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasining professor-o’qituvchlari ro’yxati0708

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support