Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Devonxona

1,302 Views

Снимок

Umumiy maʼlumotlar: Devonxona boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga, “Taʼlim toʻgʻrisidagi” qonuniga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga,  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlariga, Universitet rektorining buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatma va topshiriqnomalari, Hayʼat kengashi qarorlari hamda boshqa meʼyoriy xujjatlarga, Termiz davlat universiteti nizomiga rioya qilgan holda oʻz faoliyatini tashkil etadi..

Devonxona boʻlimining maqsadi: Ish yuritishning yagona davlat tizimi, xizmat xujjatlarini tayyorlashda amaldagi qoʻllanmaga muvofiq universitet boʻlim va fakultetlarida tezkor, sifatli va madaniy ish yuritishning yagona tartibini oʻrnatish hamda ijrosini taʼminlash. 

Xujjatlarning yozilishini va ish yuritishni davlat tilida tashkil etilishini nazorat qiladi. Devonxona universitet rektori nomiga kelib tushayotgan ariza, shikoyat, takliflar va soʻrovnomalarni tahlil qilib, rahbariyatga boʻlimlarga oʻz vaqtida yetkazib beradi va ularni nazoratini oʻrnatadi.

Universitet rahbariyati, boʻlimlar va fakultetlardan chiquvchi rasmiy xatlarni beligilangan tartibda rasmiylashtiradi va joʻnatadi.

Devonxona boʻlimi universitet rektorga boʻysunadi, devonxona ishini mudir(a) boshqaradi.

Main menu
Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support