ZULFIYAXONIM – VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

ZULFIYAXONIM – VAFO VA SADOQAT KUYCHISI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Ommaviy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar, Yoshlar yurt kelajagi
Termiz davlat universitetida Zulfiyaxonim tavalludining  104 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.Tadbirni universitet Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi D.Qodirova kirish so’zi bilan ochib so’zni Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari, Viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi M.Qobulovaga berdi. M.Qobulova o’z so’zida quyidagilarga alohida to’xtalib o’tdi:Zulfiyaxonim o’zbek adabiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan, ijod uslubi va ovozi bilan el ko’nglidan munosib o’rin olgan ijodkordir. Shoira o’zining betakror iste’dodi, vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’usini, olijanob, insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, jo’shqin ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo’shgan. Shoira ijodining salmoqli qismini xotin-qizlarga bag’ishlangan, ularni ijtimoiy faollikka chorlovchi she’rlar tashkil etadi. Haqiqiy baxtga faqat mehnat bilan erishish mumkinligi haqidagi g’oya shoira she’rlarining asosini tashkil etadi.Qayd etilganidek, Zulfiya nomi, Zulfiya…
Batafsil
BARCHINOYLAR  BELLASHUVI

BARCHINOYLAR BELLASHUVI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yoshlar yurt kelajagi
Bahor – bayramlar fasli. Ko’klamni sog’ingan ellar uning tashrifidan quvonchga to’lib, har bir kunni bayramga ulaydi. Termiz davlat universitining Iqtisodiyot va turizm fakultetida  “8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni”ga bag’ishlab “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik – tanlovda ishtirok etgan fakultetning talaba-qizlari o’zlarining salomlashish odobi, pazandaligi, erta turmush borasidagi muammolarga munosabati, ifodali she’rlar o’qishi hamda o’zi sevgan va tanlagan kasbi haqida tushunchalari, orzu – istaklarini yig’ilganlarga  chiroyli tarzda yetkazib berishdi. Juda qiziqarli o’tgan tanlovning barcha shartlarida o’zining faolligi, zukkoligi, chaqqonligi–yu  pazandaligi bilan boshqalardan ajralib turgan fakultetning Mexmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish   ta’lim yo’nalishi 1 kurs 106-guruh talabasi Xaitova Madina g’olib deb topildi va tadbir tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.Bunday tadbirlar qizlarimizning har tomonlama barkamol, milliy urf-an’analarimizdan boxabar voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega, – deydi fakultet xotin…
Batafsil
TERDUDA “BALLI QIZLAR” KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI

TERDUDA “BALLI QIZLAR” KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Ommaviy tadbirlar, Yoshlar yurt kelajagi
Termiz davlat universiteti xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan Pedagogika fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Balli qizlar” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Qizlarni milliy qadriyatlarga hurmat, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini turli yot g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda fakultetning turli yo’nalishlarida tahsil oluvchi talaba-qizlar o’zaro bahslashdi.Ishtirokchilar ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, oiladagi sog’lom ma’naviy muhitning bola ongiga ta’siri, ta’lim olish, darslarni yaxshi o’zlashtirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, milliy qadriyatlar hamda an’analar mohiyati kabi mavzular bo’yicha o’z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar. Shuningdek, tadbirda erta hamda qarindoshlar o’rtasidagi nikohning oqibatlari, milliy qadriyatlar, bola tarbiyasida mahallaning o’rni, xonadonlar sarishtaligini saqlash, yoshlarning kiyinish va tibbiy madaniyatini oshirish kabi mavzular ochib berildi.Yakunda "Eng latofatli qiz" nominatsiyasi bo’yicha - boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 1 kurs talabasi Annamurodova Gulbahor, "Eng mohir…
Batafsil
YOSH ARXITEKTOR VA DIZAYNERLARNING INNOVATSION G’OYALARI

YOSH ARXITEKTOR VA DIZAYNERLARNING INNOVATSION G’OYALARI

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar, Yoshlar yurt kelajagi
Iqtisodiyotning globallashuvi ilm-fan va innovatsiyalar bilan bog’liq. Buning uchun esa ichki imkoniyatlarni ishga solgan holda, iqtidorli va kreativ mushohada qiladigan talaba-yoshlarni kashf etish mexanizmini takomillashtirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda Termiz davlat universitetida “Yosh arxitektor va dizaynerlarning innovatsion g’oyalari” mavzusida tashkil etilgan tanlov, ishtirokchilar uchun o’z innovatsion biznes g’oyalari, loyihalari va ishlanmalariga keng yo’l ochishga xizmat qilganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan ta’kidlab o’tildi.Arxitektura – insonning yashashi, faoliyati uchun fazoviy makon yaratish san’atidir. Shaharsozlik – bu loyihalash va qurilish bilan bog’lik bo’lgan sanitar gigiyenik, texnika – qurilish, transport va arxitekturaviy – badiiy masalalarni kompleks yechuvchi, shaharlarni rejalashtirish va qurishning nazariyasi va amaliyotidir.Arxitektura loyihalash alohida bino va inshootlarning rivojlanishiga yo’naltirilgan «arxitektura»ning «xajmiy» loyihalashidan farqli ravishda shahar muhitini kompleks yechishga va dizaynini tashkil etishga yo’naltirilgan.Talaba-yoshlar tomonidan fanning…
Batafsil
TerDUda “Qizlar davrasi”

TerDUda “Qizlar davrasi”

Ommaviy tadbirlar, Tadbirlar, Yoshlar yurt kelajagi
Mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa qizlarning har tomonlama yetuk, yangi hayot bo’sag’asiga tayyor bo’lib voyaga yetishlari yo’lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Termiz davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovini o’tkazishdan asosiy maqsad ham bir oilada o’sib kelayotgan qizlarning kelajakda o’z o’rniga, kasb-korga ega bo’lishi, kelajakda jamiyatimiz rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan komil inson bo’lib yetishishiga xizmat qilibgina qolmay, qizlarning yoshligidanoq ozodalikka intilishlari, ular ongiga o’z xonadoni va mahallasini orasta, pokiza tutishga qaratilgan an’analarni yanada chuqurroq singdirish borasida muhim o’rin tutib, ularning ko’nikmalarini oshirishdan iboratdir.Tanlov ishtirokchilari bir-biridan qiziqarli shartlarda o’zlarining chaqqonlik, orastalik, pazandalik va eng asosiysi bilimli, zukko va xushmuoamalalik kabi fazilatlarini namoyish etish bilan yig’ilganlar qalbida o’zgacha taassurot qoldirishdi.Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra 1-o’rin Xudoyberdiyeva Sarvinozga, 2-o’rin Altiboyeva Diloromga hamda 3-o’rin Jumayeva Go’zalga nasib etdi. G’oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Batafsil