UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Kuni kecha bo’lib o’tgan Termiz davlat universiteti Kengashida to’qqiz nafar professor- o’qituvchilarga doktorlik diplomlari, unvon attestatlari topshirildi. Ma’lumot uchun: 2010 - 2017 yillar mobaynida universitet professor o’qituvchilari dissertatsiya himoyalari mutlaqo bo’lmagan. 2018 yilda 6 ta doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2019 yilning o’tgan besh oyi davomida 8 ta doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi va yil oxirigacha 35 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyasi kutilmoqda. Bu albatta, muhtaram Prezidentimizning ta’lim islohotlari, ilm-fanga bo’lgan e’tiborlari va olimlarga yaratib bergan sharoitlari natijasidir. Ilm yo’lidagi mashaqqatlarni zimmasiga olgan hamkasblarimizga muvaffaqiyat tilayman. Har yili universitetimizga qabul kvotalari 20 foizga oshayotgan, oxirgi ikki yilda 5 ta yangi fakultet va ko’plab yangi ta’lim yo’nalishlari ochilayotgan bir vaqtda universitet maqomini saqlash, raqobatbordosh kadrlar yetishtirish Siz azizlarga bog’liq. [unitegallery my_gallerydok]
Batafsil
UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz davlat universiteti O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari: tahlil va talqin" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’z ishini boshladi. [unitegallery my_gallery1uzd]
Batafsil
SURXON YOSHLARI – VILOYAT CHEMPIONI

SURXON YOSHLARI – VILOYAT CHEMPIONI

Ommaviy tadbirlar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Joriy yilning 16 may kuni viloyat san’at saroyining yozgi amfiteatrida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazib kelinayotgan “Janub zukkolari” bellashuvining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari”, Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialining “Janub yulduzlari”, Toshkent texnika universiteti Termiz filialining “Boshqacha” hamda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining “UzAf” jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalarning har bir chiqishlarining hangomayu – kulguga, qiziqarli voqea – hodisalarga boyligi tomoshabinlar qalbida o’zgacha mamnuniyat uyg’otdi. Murosasiz o’tgan bellashuvda “Surxon yoshlari” viloyat chempionligi kubogini qo’lga kiritish bilan birga, Samarqand shahriga sayohat qilish imkoniyatiga ham ega bo’lishdi. “Rektorimiz A.Toshqulovning bellashuv oldidan biz bilan uchrashib, bizga omad tilaganliklari, g’alaba qozonishimizga ishonishlarini aytganliklari, bizning g’alabaga bo’lgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi, biz bu ishonchni oqlash yo’lida astoydil harakat qildik va g’alaba qozondik” – dedi “Surxon yoshlari” jamoasi sardori…
Batafsil
MILLATLARO TOTUVLIK VA BAG’RIKENGLIK-BARQARORLIK OMILI

MILLATLARO TOTUVLIK VA BAG’RIKENGLIK-BARQARORLIK OMILI

UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz davlat universitetida “Millatlaro totuvlik va bag’rikenglik-barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari O’.Qobilov, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlaro munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalar qo’mitasi mas’ul xodimi F.Bekov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Mengnor Ollomurod, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh.Olimovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Davra suhbatida qayd etilganidek, bag’rikenglik o’zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o’rtasida do’stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinadi. Tadbir doirasida diniy tashkilotlar, milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan O’zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini o’zida aks ettirgan videolavhalar, bosma nashrlar, suratlar, turli xalqlarning amaliy san’ati durdonalari ko’rgazmasi tashkil etildi.  [unitegallery Gallery1abmt]
Batafsil
15 may “Xalqaro oila kuni”

15 may “Xalqaro oila kuni”

UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Har yili mamlakatimizda 15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o’tkaziladi. Bu yil ham joylarda ushbu kun munosabati bilan turli tadbirlar, ko’rik-tanlovlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Termiz davlat universitetida ham “Faravon oila bunyodkori bo’laylik” shiori ostida Xayriya tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Termiz shahridagi 12-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, turmush qurganlariga ellik yildan ortiq bo’lgan oilalar, ko’p farzandli oilalar, boquvchisini yo’qotgan oila vakillari ishtirok etishdi. Turmush qurganiga ellik yildan ortiq vaqt bo’lgan namunali, obro’-e’tiborli oila rahbari, keksa otaxon Chori Jumayev baxtli oila boshi bo’lish sir sinoatlari haqida yig’ilganlarga gapirib berdi. Tadbir so’ngida namunali oila, ko’p farzandli oila, yosh oila, boquvchisini yo’qotgan oila vakillariga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. [unitegallery Gallery1xq]
Batafsil