ЖАҲОН ДЗЮДОЧИЛАРИ  – ТЕРДУДА МЕҲМОН

ЖАҲОН ДЗЮДОЧИЛАРИ – ТЕРДУДА МЕҲМОН

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Термиз давлат университетида Халқаро Дзюдо федерацияси Спорт директори, Шотландиялик Лиза Алан хоним, Дзюдо бўйича жаҳон чемпионати совриндори, кумуш медал соҳиби Шарофиддин Лутфуллаев, Сурхондарё вилоят Дзюдо федерацияси раиси Бехзод Тўрабоев ҳамда Халқаро Дзюдо федерацияси ҳаками Рамзиддин Саидовлар иштирокида университет профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари билан учрашув бўлиб ўтди.Тадбир иштирокчилари йиғилганлар билан Дзюдо спорт тури тарихи, унинг сиру-синоатлари билан фикр алмашиш билан бирга уларни қизиқтирган саволларга жавоб беришди.Дзюдо: Нафақат ўғил болалар, балки қиз болалар ўртасида ҳам жуда оммабоп. Бу каби спорт турлари ўзини ҳимоя қила олиш учун ҳеч қачон ортиқчалик қилмайди. Жанг санъати билан шуғулланиш нафақат жисмоний, балки маънавий комилликка ҳам кўмаклашади.
Batafsil
Talabalarimiz bizni uyaltirmaydi…

Talabalarimiz bizni uyaltirmaydi…

Ommaviy tadbirlar, Sport tadbirlari, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Leider ist der Eintrag nur auf Русский, Amerikanisches Englisch und Usbekisch verfügbar. Der Inhalt wird in einer anderen verfügbaren Sprache angezeigt. Sie können einen Link anklicken, um zu einer anderen verfügbaren Sprache zu wechseln.«26-iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni!» munosabati bilan hamda 5 ta tashabbus doirasidagi ikkinchi tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi yoshlar o’rtasida bo’lib o’tgan tonggi marafonda Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Roppa-rosa bir soat davom etgan mazkur marafonda TerDU Jismoniy madaniyat fakultetining 2-bosqich talabasi Ibragimova Ozoda finishga ikkinchi va ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Qurbonmuratova Maxfirat esa uchinchi bo’lib yetib keldi. Sportchilarimizni universitet rahbariyati nomidan samimiy qutlab, bu kabi talabalarimizdan faxrlanishimizni bildirib o’tamiz!
Batafsil
BOLALARGA BERING DUNYONI

BOLALARGA BERING DUNYONI

Ommaviy tadbirlar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Bolalik inson umrining eng go’zal davri hisoblanadi. Unda beg’ubor qalblar ezguliklarga to’la bo’ladi.Termiz davlat universitetida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ana shunday jajji qalblar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Dastlab, bayram munosabati bilan bolajonlarga sovg’alar ulashildi.Professor-o’qituvchilar va ishchi – xodimlarning farzandlari va talabalar ishtirokidagi tadbir maydoni bayramona ko’rinish oldi.Teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari, qo’g’irchoq teatrining namoyishlari bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi.Vatan, do’stlik va baxtli bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar barchani raqsga chorladi. Tashkil etilgan tadbir jajji qalblar uchun esda qolarli lahzalarga boy bo’ldi.
Batafsil
TerDU: Kun tadbirlari

TerDU: Kun tadbirlari

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
TerDU: “OAK rahbariyati bilan uchrashuv” Termiz davlat universitetida yosh tadqiqotchilar, doktarantlar va professor-o’qituvchilar uchun OAK xodimlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.O’z navbatida, ishtirokchilar ham mehmonlardan o’zlarini qiziqtirgan savolllarga batafsil javoblar oldi.Unda OAK markaz direktori Zokirxo’ja Tojixo’jayev va markaz bosh inspektori Adham Xo’jaqulovlar Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan yengilliklar, himoya jarayonlari bilan bog’liq o’zgarish va yangiliklar xususida yig’ilganlarga ma’lumotlar berishdi.  Mazkur uchrashuv ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o’qituvchilarda yuzaga kelgan qator savollarga amaliy javob bo’ldi. Ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik tadbiri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, viloyat xokimligi va Termiz davlat universiteti hamkorligida seminar trening tashkil etildi. “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish-ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi mazkur tadbirda ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro…
Batafsil
SURXON YOSHLARI – VILOYAT CHEMPIONI

SURXON YOSHLARI – VILOYAT CHEMPIONI

Ommaviy tadbirlar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Joriy yilning 16 may kuni viloyat san’at saroyining yozgi amfiteatrida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazib kelinayotgan “Janub zukkolari” bellashuvining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari”, Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialining “Janub yulduzlari”, Toshkent texnika universiteti Termiz filialining “Boshqacha” hamda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining “UzAf” jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalarning har bir chiqishlarining hangomayu – kulguga, qiziqarli voqea – hodisalarga boyligi tomoshabinlar qalbida o’zgacha mamnuniyat uyg’otdi. Murosasiz o’tgan bellashuvda “Surxon yoshlari” viloyat chempionligi kubogini qo’lga kiritish bilan birga, Samarqand shahriga sayohat qilish imkoniyatiga ham ega bo’lishdi. “Rektorimiz A.Toshqulovning bellashuv oldidan biz bilan uchrashib, bizga omad tilaganliklari, g’alaba qozonishimizga ishonishlarini aytganliklari, bizning g’alabaga bo’lgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi, biz bu ishonchni oqlash yo’lida astoydil harakat qildik va g’alaba qozondik” – dedi “Surxon yoshlari” jamoasi sardori…
Batafsil