Talabalar turar joylari, Talabalar turar joylari.
Termiz davlat universitetida hozirgi kunda 4 talabalar turar joylarida 1156 ta talabalar istiqomat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi 303-F-sonli farmoyishiga asosan “Termiz axborot texnalogiyalari va turizm kasb hunar kolleji”ni Termiz davlat universiteti balansiga olingan bo’lib 1 ta 200 o’rinli  talabalar turar joyida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 2019 yil 25 martda foydalanishga topshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo’ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4067-son qarori asosida 1 ta 400 o’rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi. 2019 yil 23 noyabr oyida foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan. Universitet talabalar turar joylarida hozirgi kunda faqat qizlar turadi. 1-talabalar turar joyi 11 ta magistr talaba turadi.  
Batafsil