ILMATOVA RINATADAN –OLTIN MYeDAL KUTMOQDAMIZ

ILMATOVA RINATADAN –OLTIN MYeDAL KUTMOQDAMIZ

Ommaviy tadbirlar, Sport tadbirlari, Tadbirlar, Talabalar hayoti
Xitoyning  Uxan shahrida  “Do’stlikni mustahkamlash va tinchlikni qurish” shiori ostida VII Butunjahon armiya o’yinlari o’tkazilmoqda. 18–27 oktyabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan armiya o’yinlarida dunyoning 136 dan ortiq mamlakati vakillari qatnashib, 27 ta sport turi bo’yicha g’oliblik uchun o’zaro bahs olib borishmoqda.E’tiborlisi, O’zbekiston terma jamoasi tarkibida Termiz davlat universiteti talabasi Ilmatova Rinata  sportning Dzyudo turi bo’yicha  78 kg vaznda musobaqalarga kirishadi.Dzyudo sport turi bo’yicha musobaqalarning birinchi kungi bahslaridan so’ng terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega bo’lib turibdi. Aynan dzyudochilarimizning medallari sabab O’zbekiston sport delegatsiyasi Xitoy, Rossiya va Frantsiyadan so’ng umumjamoa hisobida 4-o’ringa ko’tarilib oldi.Universitetimiz faxri va iftixori bo’lgan Rinataning esa yana bir bor oltin medalni qo’lga kiritib yurtimiz bayrog’ini balandlarga ko’tarilishiyu, madhiyamiz yangrashiga o’z hissasini qo’shishiga ishonamiz.
Batafsil
TERDU TALABA-YOSHLARI G’OLIB VA SOVRINDORLAR SAFIDA

TERDU TALABA-YOSHLARI G’OLIB VA SOVRINDORLAR SAFIDA

Rasmiy tashriflar, Rasmiy tashriflar., Sport tadbirlari, Tadbirlar
Toshkentdagi muhtasham Turkiston san’at saroyida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida o’tkazilgan talabalar festivali g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlanganlar orasida Kurash bo’yicha o’tkazilgan sport musobaqalarida g’olib va sovrindor bo’lgan talaba-yoshlarimizning bo’lishi quvonarli, albatta. Jumladan, Xalqaro toifadagi sport ustasi Abdurazzoq Ustoev murabbiyligida Termiz davlat universiteti talabalari Yodgorova Nilufar (63 kg) va Boynazarov Jaloliddinning (73 kg) 2-o’rinni, Chorieva Mohinur (52 kg), Shafaotova Xojar (57 kg) hamda Olloberdiev Ramazonlarning (81 kg) 3-o’rinni egallaganliklari bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov qizg’in qutladi va esdalik sovg’alarini topshirdi. TerDUning yana bir faol talabasi, bloger Toshbadalov Behruzga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Festivaldagi faol ishtiroki uchun” Faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alarini olish nasib etdi.
Batafsil
ONA TILIM – JONU DILIM

ONA TILIM – JONU DILIM

Rasmiy tashriflar, Rasmiy tashriflar., Sport tadbirlari, Tadbirlar
Jahonda o’z ona tilini ulug’lamagan, uning sha’ni, obro’si uchun kurashmagan xalqni topish mushkul. Tilda har bir xalqning asrlar davomida bosib o’tgan yo’li, tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, madaniyati va san’ati, ma’naviyati o’zining yaqqol ifodasini topgan bo’ladi. Shu bois uni ko’ngil mulkining bebaho gavhari, duri kabi saqlaydilar, o’rni kelganda ko’kragini qalqon qilib himoyalaydilar ham. Termiz davlat universitetida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berliganligining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida fakultetlar kesimida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda universitetning tilshunos olimlari tomonidan tilimizning boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, o’zbek tilining imkoniyatlari va mavjud muammolari yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.  Til bayrami doirasida O’zbek filologiyasi fakultetida oktyabr oyi “Nutq madaniyati” oyligi deb e’lon qilinib, unda turli tadbirlar, onlayn viktorina tanlovlari o’tkazildi. Tadbir so’ngida ushbu oylikda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar faxriy yorliq va…
Batafsil
ТерДУ ИФТИХОРЛАРИ –ЖАҲОН ЧЕМПИОНЛАРИ

ТерДУ ИФТИХОРЛАРИ –ЖАҲОН ЧЕМПИОНЛАРИ

Rasmiy tashriflar., Sport tadbirlari, Tadbirlar, Talabalar hayoti
Спортга меҳр қўйган қизлар соғлом, руҳан тетик, иродаси мустаҳкам, келажакда ҳаётнинг турли синовларини енгиб ўтишга қодир бўлиб вояга етади. Қизларнинг спорт билан шуғулланиши нафақат саломатлигида, айни пайтда қадди-қомати тўғри шаклланишида, маънавий камолотида муҳим аҳамият касб этмоқда. Хабарингиз бор 2019 йил 29 августдан 5 сентябргача Жанубий Кореянинг Чонгжу шаҳри мезбонлик қилган Бутун жаҳон жанг санъатлари фестивали доирасида кураш бўйича 12-жаҳон чемпионати баҳслари ўтказилди. Мусобақада 48 кг вазн тоифасида қатнашган Термиз давлат университети талабаси Мўминова Моҳинур фахрли 1-ўринни қўлга киритди ва икки карра жаҳон чемпионига айланди. Яна бир ифтихоримиз Илматова Рината эса 78 кг вазнда кумуш медал соҳибасига айланди. Термиз давлат университетида ташкил этилган тадбир ҳам айнан миллатимиз, воҳамиз қолаверса университетимиз фаҳри бўлган қахрамонларимизнинг қўлга киритиб келаётган ютуқларига бағишланди. Дастлаб Мўминова Моҳинур ва Илматова Ринаталар университет профессор-ўқитувчи ҳамда талаба-ёшлари томонидан карнай-сурнай садоларию,…
Batafsil

Termiz davlat universiteti REKTORI OGOHLANTIRADI!

E’lonlar, Faoliyat, Magistratura.., Qabul yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar
Termiz davlat universiteti REKTORI OGOHLANTIRADI! Hurmatli abiturientlar!               Agar sizlarga kimdir ijodiy imtihonlar va test sinovlariga ko’maklashaman deb egri yo’llar bilan talabalikni va’da qilayotgan bo’lsa aslo aldanmang. Mazkur jarayonlarni o’tkazishda hech qanday noqonuniy xolatlar va turli aralashuvlarga yo’l qo’yilmaydi. Barchasi shaffof va haqqoniy o’tishi ta’minlanadi. O’z bilimingizga ishoning, jamiyatda korruptsiyani avj olishiga sababchi bo’lib qolmang. Firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo’ling.
Batafsil