NAVOIY VA BOBUR IJODI-HAMISHA BARHAYOT

NAVOIY VA BOBUR IJODI-HAMISHA BARHAYOT

Sport tadbirlari
Termiz davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi va Zaxriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlangan bir qancha tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad Navoiy va Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning tarixiy hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini oʻrganish orqali  talabalar oʻrtasida buyuk tarixiy shaxslarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yuksaltirishdir. Universitetda buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan bir qatorda sport musobaqalarini oʻtkazish ham odat  tusiga aylanmoqda. Bugun  fakultetlar talabalari  Alisher Navoiy va Zaxriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab oʻtkazilgan sportning futbol va kurash turlari boʻyicha oʻzaro  bellashdilar. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqalar soʻngida gʻolib jamoa aʼzolariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Batafsil
OSIYO O’YINLARI-2018: TERDU TALABASI SHERMUHAMMAD JANDRIYEVDAN OLTIN MEDAL!

OSIYO O’YINLARI-2018: TERDU TALABASI SHERMUHAMMAD JANDRIYEVDAN OLTIN MEDAL!

Sport tadbirlari
Shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o’tayotgan Osiyo o’yinlarining bugungi 13-kuni hamyurtlarimiz uchun ancha barakali, samarali va omadli keldi. Qit’aning nufuzli musobaqasida ikki yuz nafardan ziyod hamyurtlarimiz qatorida ishtirok etayotgan Termiz davlat universiteti talabasi Shermuhammad Jandriyev 90 kg vaznlilar o’rtasidagi bahslarning hal qiluvchi finalida yana bir vohadoshimiz Yahyo Imomovni mag’lub etib, oltin medalni qo’lga kiritdi. Imomov esa kumush medal bilan taqdirlandi.Shu tariqa, o’zbekistonlik kurashchilar Osiyo o’yinlarida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza olib, mamlakatimiz delegatsiyasining eng sermahsul jamoasiga aylanishdi.  
Batafsil