ЖАҲОН ДЗЮДОЧИЛАРИ  – ТЕРДУДА МЕҲМОН

ЖАҲОН ДЗЮДОЧИЛАРИ – ТЕРДУДА МЕҲМОН

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Термиз давлат университетида Халқаро Дзюдо федерацияси Спорт директори, Шотландиялик Лиза Алан хоним, Дзюдо бўйича жаҳон чемпионати совриндори, кумуш медал соҳиби Шарофиддин Лутфуллаев, Сурхондарё вилоят Дзюдо федерацияси раиси Бехзод Тўрабоев ҳамда Халқаро Дзюдо федерацияси ҳаками Рамзиддин Саидовлар иштирокида университет профессор-ўқитувчилари ва талаба-ёшлари билан учрашув бўлиб ўтди.Тадбир иштирокчилари йиғилганлар билан Дзюдо спорт тури тарихи, унинг сиру-синоатлари билан фикр алмашиш билан бирга уларни қизиқтирган саволларга жавоб беришди.Дзюдо: Нафақат ўғил болалар, балки қиз болалар ўртасида ҳам жуда оммабоп. Бу каби спорт турлари ўзини ҳимоя қила олиш учун ҳеч қачон ортиқчалик қилмайди. Жанг санъати билан шуғулланиш нафақат жисмоний, балки маънавий комилликка ҳам кўмаклашади.
Batafsil
Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Xalqaro aloqalarda yana bir qadam!

Rasmiy tashriflar, Rasmiy tashriflar., UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Termiz davlat universiteti xalqaro aloqalar yo'lida yana bir qadam tashladi. Janubiy Koreyaning KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashkiloti vakillari agentlik direktori o’rinbosari Mi Pak, Volontyor dasturi menejeri Xyong Jong, Menejer yordamchisi Anvar Shomirzayev va kichik kordinator Li Chae Yonglar universitetimizda mehmon bo’lishdi. Uchrashuv davomida tomonlar mazkur agentlikning volontyorlik dasturi bo’yicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar hamkorlar tomonidan manfaatli shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi. Unga ko’ra Surxondaryo , umuman O’zbekistonda ta’lim, sog’liqni saqlash, energetika, davlat boshqaruvi singari muhim yo’nalishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkilot ekspertlari O’zbekistonga bilim va tajriba almashish uchun yuboriladi.
Batafsil
TerDUni bitirgan salohiyatli kadrlarni ishga olamiz…

TerDUni bitirgan salohiyatli kadrlarni ishga olamiz…

Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
Leider ist der Eintrag nur auf Русский, Amerikanisches Englisch und Usbekisch verfügbar. Der Inhalt wird in einer anderen verfügbaren Sprache angezeigt. Sie können einen Link anklicken, um zu einer anderen verfügbaren Sprache zu wechseln.12 ta korxonani o’zida birlashtirgan, tadbirkorlikning muhim yo’nalishlari-qurilish va yaratuvchanlik, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarini qamrab olgan Surxondaryodagi yirik tashkilot "Surxon sanoat qurilish"  kompaniyasi rahbariyati xodimlari Termiz davlat universiteti talabalari bilan bir piyola choy ustida uchrashuv o’tkazishdi. Kompaniya bo’lim boshlig’i B. Xudoyberdiev, Kadrlar masalasi bo’yicha mas’ul D. Hazratqulovalar ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda kompaniyada mavjud ish o’rinlari va ularga talab etilayotgan kadrlarning tavsifi,  hamda kompaniyada yaratilgan mehnat sharoitlari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha olib borayotgan ishlar haqida talabalarimizga batafsil  ma’lumotlar berilib, kompaniyadagi ish o’rinlariga yuqori salohiyatli yoshlarga ehtiyojlar mavjudligi, universitet talabalarini bunga jalb qilish bo’yicha ishlar olib borilayotgani…
Batafsil
TerDU: Kun tadbirlari

TerDU: Kun tadbirlari

Ommaviy tadbirlar, Rasmiy tashriflar, UCHRASHUV VA TADBIRLAR
TerDU: “OAK rahbariyati bilan uchrashuv” Termiz davlat universitetida yosh tadqiqotchilar, doktarantlar va professor-o’qituvchilar uchun OAK xodimlari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.O’z navbatida, ishtirokchilar ham mehmonlardan o’zlarini qiziqtirgan savolllarga batafsil javoblar oldi.Unda OAK markaz direktori Zokirxo’ja Tojixo’jayev va markaz bosh inspektori Adham Xo’jaqulovlar Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan yengilliklar, himoya jarayonlari bilan bog’liq o’zgarish va yangiliklar xususida yig’ilganlarga ma’lumotlar berishdi.  Mazkur uchrashuv ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o’qituvchilarda yuzaga kelgan qator savollarga amaliy javob bo’ldi. Ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik tadbiri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Xalq ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, viloyat xokimligi va Termiz davlat universiteti hamkorligida seminar trening tashkil etildi. “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish-ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi mazkur tadbirda ta’lim sifatini yaxshilash, xalqaro…
Batafsil
Davra suhbati, Rasmiy tashriflar
Termiz davlat universiteti Kengash kotibi, Eshqobil Sharipov 25 aprel kuni Uzun tumanidagi o’zi ta’lim olgan 27-sonli umum o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga shaxsiy kitoblaridan sovg'a qildi. Davlatimiz rahbari bunday tashabbuslarning muhim ahamiyatga ega ekani haqida joriy yilning 19 mart kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingan edi.Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish borasida “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi”, deya ta'kidlagan edi. [unitegallery Gallery1ab]
Batafsil