TerDU ijodkorlar e’tiborida

TerDU ijodkorlar e’tiborida

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Ommaviy tadbirlar
So’ngi vaqtlarda respublikamizning taniqli san’atkorlari, yozuvchi va shoirlari viloyatimizdagi ijodiy safarlari davomida, albatta nufuzli Termiz davlat universitetiga ham tashrif buyurib, oliygohda olib borilayotgan o’zgarishlarni ko’zdan kechiradigan hamda talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuvlar o’tkazishni odatga aylantirishdi.Kuni kecha  O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Do’stlik va Shuxrat medali sohibasi, shoira Zulfiya Mo’minova viloyatimizga tashrifi davomida Kimyo va texnologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ijod zavqi kabi mavzularda so’z borgan tadbirda shoiraning «Ayolga gul bering» nomli she’riy to’plamining taqdimoti ham bo’lib o’tdi.
Batafsil
TerDUda Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

TerDUda Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar
Termiz davlat universitetida istiqomat qilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali mehmonlari bo’sh vaqtlarida universitet talabalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalarni o’tkazishmoqda. Yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokidagi uchrashuv O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan o’tkazildi. Unda viloyatlar va poytaxtdan tashrif buyurgan bir gurux yozuvchi va shoirlar talaba-yoshlarga ijod mashaqqati va zavqi, bugungi adabiy jaarayon, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor kabi mavzularda suhbat qurishdi. Dildan o’qilgan she’rlar barchaga ijod zavqini ulashdi. Musiqa ta’limi yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan yurtimizning ko’zga ko’ringan san’atkorlari davra suhbatini o’tkazishdi. San’atkorlar mazkur yo’nalish talabalari uchun yaratilgan ijodiy sharoitlarni kuzata turib, ularga yuqori baho berishdi. San’tkor mehmonlar tomonidan berilgan o’zbek musiqa san’atiga oid qimmatli ma’lumotlar, ular ijrosijagi kuy-qo’shiqlar barchaga birdek zavq ulashdi. Eslatib o’tamiz, bunday tadbirlar festival yakuniga qadar davom etadi. [unitegallery Gallery1FV]
Batafsil
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Ommaviy tadbirlar
Ayni damda Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 5-10-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ''Xalqaro baxshichilik san'ati festivali''ga bag‘ishlab ''BAXSHICHILIK - O‘ZIMIZ, O‘ZLIGIMIZ'' nomli iqtidorli talabalar ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. KO‘RGAZMAGA MARHAMAT! [unitegallery Gallery1tas]
Batafsil
BALLI, QIZLAR!

BALLI, QIZLAR!

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Talabalar hayoti
Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo’lgan munosabat bilan belgilanadi. Bugungi kunda o’zbek ayolini dunyo tanimoqda va tan bermoqda. Ayollarimizning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy–ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, vatanimiz ta’raqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmokda. Ayollarning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishdagi o’rinlarini alohida e’tirof etmoq joiz. Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida bo’lib o’tgan "Balli qizlar" ko’rik tanlovida ishtirok etgan talaba-qizlarimiz ham tanlov shartlarini bajarish asnosida qalblarida shu go’zal yurtning farzandi ekanliklaridan g’ururlanish hissi  bilan zukkoliklari, uddaburonliklari hamda pazanda-yu sarishtaliklarini namoyon etgan bo’lsalar ajabmas.Tanlovda ishtirok etgan qizlar o’zlari sahnalashtirgan sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi.Tanlov so’ngida  1-o’rinni 105-guruh talabasi M.O’ralova, 2-o’rinni 108-guruh talabasi S.Jumayeva, 3-o’rinni 104-guruh talabasi S.Safarovalar egallashgani e’lon qilindi va ularga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Batafsil
TerDUda ijodiy uchrashuv va kontsert dasturi bo’lib o’tdi

TerDUda ijodiy uchrashuv va kontsert dasturi bo’lib o’tdi

Madaniy-ma’rifiy tadbirlar
Termiz davlat universitetida O’zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda  ilmiy – ijodiy uchrashuv va kontsert dasturi bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzayev kirish so’zi bilan ochdi. Shundan so’ng O’zbekiston davlat konservatoriyasining “Maxsus fortepiano” kafedrasi professori A.Sharipova konservatoriyada bo’layotgan ilmiy – ijodiy ishlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berdi.Tadbir davomida O’zbekiston davlat konservaatoriyasining “Musiqa tarixi va tanqidi” kafedrasi katta o’qituvchisi falsafa doktori (PhD) musiqashunos M.Abrarovaning musiqa ilmi sohasidagi ma’ruzasi tinglandi. O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi “Yosh ijodkorlar bilan ishlash sho’’basi” bosh mutaxassisi, Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, yosh iste’dodli kompozitor, fortepiano ijrochisi A.Safarov  o’zi yaratgan asarlaridan namunalar ijro etdi. Konservatoriyaning bir guruh talabalari jumladan G.Tursunpo’latova  bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid F.Amirovning “Kontsert” asarini ijro etgan bo’lsa, S.Azimov va J.Yarmetovlar M.Otajonovning “Orol”, “Amudaryo”, I.S.Baxning “Prelyudiya va Fuga”, Y.Gaydning “Fantaziya”, F.Shopenning 2 ta “Etyud”larini…
Batafsil