Boshlang’ich sinflarda interfaol darslarni qay tarzda tashkil etilsa samara beradi?

Iqtidorli talabalar.
Boshlang’ich  ta’lim uchun  zarur  va  ustuvor  yo’nalishlardan  biri  ta’lim mazmuning  yangilanishi, darsni ilg’or  tajriba va  g’oyalarga  tayanib, zamonaviylashtirilgan , takomillashtirilgan  hamda  ilmiy-pedagogik  texnologiyalar  asosida  o’tish  zaruriyatini  keltirib chiqardi. Chunki  dars ta’lim-tarbiya  berishning  asosiy  o’zagidir. O’quvchining  o’quv fanlarini chuqur  o’rganib  borishi  davomida  uning  bilimi  mustahkamlanadi, savodxonligi  oshib boradi.  Ta’limning  asosiy  bo’g’ini  hisoblangan  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini  sog’lom  avlod  qilib  voyaga  yetkazishda  dars  va  darsdan  tashqari  mashg’ulotlar  muhim vosita  hisoblanadi. Dars  ta’limning  asosiy  shakli ekan,o’qituvchi  shu  jarayon  o’z  shogirdlarining  ongli  va  faol  bo’lishi, jamiyatning  vatanparvar, adolatparvar, mehnatsevar  va fidoiyi  kishilar  bo’lib  ulg’ayishlari  uchun  mustahkam  zamin  tayyorlashi  lozim. Bu jarayon  o’quv-tarbiyaviy  ishlarning  samaradorligini  ta’minlash  uchun  innovatsion  pedagogik  texnologiyalar  vositasida  quyidagilarni  amalda  qo’llashni  taqozo  etadi: Darslarda interfaol usullardan  keng  foydalanish; Dars jarayonida  didaktik  materiallar bilan  ishlash; Ommaviy axborot texnologiyalaridan  uzluksiz  foydalanish; O’quvchilarni innovatsion  faoliyatga  mustaqil …
Batafsil