Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Botanika kafedrasi

499 Views

1

Kafedra mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent v/b

Begmatov Abdusamat Mamatqulovich

Telefon: +998 90 520 07 11

 

 

 

1956- yilda  Termiz davlat pedagogika institutida hozirgi Biologiya kafedrasi biologiya va ximiya nomi bilan ish boshladi. Shu yillar mobaynida kafedra biologiya yo’nalishi bo’yicha kunduzgi va sirtdan o’qiydigan talabalarga fan sirlarini o’rgatib kelgan. 1969-yilga kelib kafedra ning ilmiy salohiyati pedagogik kadrlari jihatidan anchagini barqarorlashdi. 1975-yilda esa  ximiya-biologiya va qishloq xo’jaligi asoslari nomi bilan faoliyat ko’rsatib talabalarga ta’lim tarbiya berishning samarali yo’llarini qo’llab dars o’tishdi, 1991-1997-yillarda Biologiya va qishloq xo’jaligi asoslari kafedrasi nomi bilan yuritildi. Kafedraning ilmiy mavzusi Surxondaryo  dorivor va hom ashyo bob o’simliklarini o’rganish;  Surxondaryo o’simliklar qoplamini o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Kafedraning asosiy tadqiqotlari O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qoshidagi  Biologiya  IIChM bilan uzviy aloqada olib borilgan .

1996-yilda kafedra a’zosi M.Xolmurodov O’zbekiston Mlliy universiteti  Biologiya mutaxasisligi bo’yicha aspirant bo’lib 2007-yilda  nomzodlik dissertatsiyasini qabul qildi. 1998-yilda A.Begmatov  aspiranturaga kirib 2001-yilda  aspiranturani tamomlab 2012-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra dotsenti Q.Jumaev o’zining ilmiy ishlarini davom ettirib 2004-yilda “Yuksak  o’simliklar” nomli o’quv qo’llanmasini yaratdi.

Kafedra Respublika va viloyatdagi faoliyat ko’rsatayotgan ilmiy tadqiqot institutlari bilan bevosita  aloqada jumladan: O’zbekiston Respublikasi Paxtachilik  ilmiy tadqviqot instituti Surxondaryo filiali, O’zbekiton sabzavot, poliz ekinlari va katoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo tayanch punkti, Denov dendrariy bog’i, O’simliklarni himoya qilish markazi, Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli biologik laboratoriyalar, viloyatdagi  mialaka oshirish institutlari bilan  doimiy hamkorlikda ish olib boriladli. Kafedra professor-o’qituvchilari 3 ta monagrafiya va 1 ta o’quv qo’llanma, innavatsion loyihalar ustida ish olib borishmoqda. Biologiya  kafedrasi deb nomlandi, 2015 yildan 2018-yillar q/x.f.n. dotsent S.Sullieva kafedraga rahbarlik qilgan. 2018-2019 o’quv yilida Biologiya kafedrasi  “Botanika” nomi bilan atalib boshlandi, hozirgi vaqtda b.f.n. dots v/b A.Begmatov rahbarlik qilib kelmoqda.

Botanika kafedrasi mudiri, b.f.n. dots v/b A.Begmatov, Botanika kafedra mudirining o’rinbosarlari 2018 yil 28 avgustdagi №1-sonli kafedra yig’ilishi bayonnomasi qaroriga muvofiq Ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’q L.Bobokeldieva, kafedra mudirining ilmiy to’garaklar bo’yicha o’rinbosari, “Fotosintez va hayot” to’garagi rahbari: dots. Qodirova D, kafedra mudirining magistrlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari k.o’q. b.f.n.                       A. Sattorov, kafedra mudirining bitiruvchilar bilan ishlash bo’yicha o’ribosari dots. S.Sullieva,  kafedra mudirining ilmiy ishlar bo’yicha, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha Sh.Fozilov,  kafedra jamoat tashkilotlari bo’g’in rahbarlari kafedra boshlang’ich bo’g’in kasaba uyushmasi raisi o’q. B.Habibullaev, kafedra va “Biologiya” ta’lim yo’nalishi xotin-qizlar bo’g’ini raisi o’q. N.Boboeva, kafedra sifat komissiya raisi katta o’q. Sattorov A, a’zolari: 1.dots v/b. Begmatov A, 2.k.o’q. X.Jumaev,
3.dots. D. Qodirova, 4. dots. S.Sullieva, 5. O’qituvchi E.Abdunazarovlar o’z majburiyatlari va yuklatilgan vazifalari doirasida kafedra mudiriga buysunadi va  kafedra mudiri ko’rsatmalarini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Biologiya kafedrasining ilmiy yo’nalishi: Janubiy O’zbekistonning  asalshirali va xomashyobop o’simliklar  qoplamini saqlash, ko’paytirish hamda tur tarkibini o’rganish.

Kafedraning ilmiy yo’nalishiga mos holda bajariladigan doktorlik dissertatsiya ishlari

Begmatov Abdusamat Mamatqulovich-Surxondaryo  sharoitida  parvarish etilayotgan Steviya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish istiqbollari.

Habibullaev Bexruz Sherboevich – Rizosfera bakteriyalari va ular asosida biopreparatlar tayyorlash.

Kafedraning ilmiy yo’nalishiga mos holda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari

Sullieva Suluv Xurramovna– Bug’doy dalasida uchraydigan yovvoyi begona o’tlarga qarshi kurashishning ilmiy ahamiyatini asoslash

Qodirova Dilbar NormuminovnaJanubiy O’zbekiston sharoitida qurg’oqchillika chidamli bug’doy navlarini yetishtirish texnologiyasi

Sattorov Abdumurod Sattorovich-Issiqqa chidamli termofil mikroorganizmlar oid tadqiqotlar

Abdunazarov Erkin Ergashevich– Dorivor o’simliklar kollektsiyasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish

Qoraboeva Dilfuza Jo’raevna – O’quvchilarda biologiya va boshqa fanlararo qiziqishini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari

Xo’jalik shartnomasi hamda  innovatsion xamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari

  1. Surxondaryo markaziy davlat o’rmon xo’jaligi bilan “Surxondaryo viloyatidagi dorivor va kamyob o’simliklarni ko’paytirish, yetishtirish bo’yicha” tuzilgan innovatsion hamkorlik
  2. Meva sabzavotchilik, poliz ekinlari kartoshkachilik ilmiy tajriba Surxondaryo tayanch stantsiyasi

2018-2019 o‘quv yilida kafedrada bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida jami
26 ta va magistraturada esa 8 ta mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.

Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlarida:

  1. Botanika: o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi
  2. Biologiya tarixi
  3. Botanika:Yuksak o’simliklar sistematikasi
  4. Botanika:Yuksak o’simliklar sistematikasi
  5. Mikrobiologiya va virusologiya
  6. Bikimyo va molekulyar biologiya
  7. Biostatistika
  8. O’simliklar fiziologiyasi
  9. Biotexnologiya
  10. TF O’simliklar geografiyasi
  11. Biologiyani o’qitish
  12. Dorivor o’simliklar
  13. Biotexnologiya
  14. Molekulyar biologiya
  15. O’simliklar sitoembrologiyasi
  16. Biometriya
  17. Biozararlanish asoslari
  18. O’simlikshunoslik va paxtachilik
  19. Funktsional meva-sabzavotlar
  20. Uzumchilik
  21. Mevachilik
  22. Sabzavotchilik
  23. Polizchilik
  24. Dorivor o’simliklar
  25. O’simlikshunoslik va paxtachilik
  26. Entomologiya, o’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan ximoya qilish
  27. Botanka va o’simliklar fiziologiyasi

5A140101-Biologiya (botanika) magistratura mutaxassisligida:

  1. Yuksak o’simliklar sistematikasi
  2. Markaziy Osiyo o’simliklar qoplami
  3. Antekologiya
  4. O’simliklar introduktsiyasi
  5. O’simliklar geografiyasi
  6. O’zbekistonnnig manzarali o’simliklari
  7. O’zbekistonning foydali o’simliklari
  8. Sitrus ekinlar

BOTANIKA KAFEDRASI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

Rasmi F.I.Sh. Lavozimi Dars beradigan fanlari
 1 Begmatov Abdusamat Mamatqulovich

90 520 07 11

Kafedra mudiri Botanika; anatomiyasi morfologiyasi,

Markaziy Osiyo o’simliklar qoplami,

O’simliklar geografiyasi,

Biostatistika,

Yuksak o’simliklar sistematikasi, Dorivor o’simliklar

Sitrus ekinlar

 2 Sullieva Suluv Xurramovna

90 245 00 37

kafedra dotsenti Molekulyar biologiya, Biokimyo va molekulyar biologiya,

Biologiyani o’qitish metodikasi, Biologiya tarixi.

 3 Qodirova Dilbar Normuminovna

90 747 56 83

kafedra dotsenti O’simliklar fiziologiyasi,  O’zbekistonning manzarali o’simlliklari.
 4 Sattorov Abdumurod Sattorovich

90 644 56 95

 kafedra katta o’qituvchisi Biotexnologiya,

Mikrobiologiya va virusologiya, Mevachilik,

O’zbekiston foydali o’simliklari

 5 Jumaev Xudoyberdi Qurbandurdievich

97 530 44 40

 kafedra katta o’qituvchisi O’simliklar sitoembriologiyasi,

Botanika

(tuban o’simliklar),

O’simliklar introduktsiyasi,

Antekologiya  Biologiya o’qitish metodikasi

 6 Omonov Mamatqobil Ismoilovich

91 228 72 59

 kafedra katta o’qituvchisi O’simlikshunoslik va paxtachilik,

Entomologiya va o’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish, Uzumchilik.

 

 7 Abdunazarov Erkin Ergashovich  91 905 59 71  kafedra katta o’qituvchisi Biostatistika, Polizchilik,

Sabzavotchilik,

Funktsional meva sabzavotlar, Biometrya

 

 8 Qoraboeva Dilfuza Jo’raevna

91 578 49 24

 kafedra o’qituvchisi Biotexnologiya,

Mikrobiologiya va virusologiya, Biologiya o’qitish metodikasi,

Yuksak o’simliklar sistematikasi,

Dorivor o’simliklar

 9 Boboeva Nodira To’xtamishovna

91  253 68 53

 kafedra o’qituvchisi Biotexnologiya,

O’simliklar geografiyasi,

O’simlikshunoslik va paxtachi, Dorivor o’simliklar,

Yuksak o’simliklar sistematikasilik

 10 Bobokeldieva Lobar Abdusamatovna

91 581 61 22

 kafedra o’qituvchisi O’simliklar sitoembriologiyasi,

Funktsional meva sabzavot,

Dorivor o’simliklar,

Botanika: anatom morfologiya,

Yuksak o’simliklar sistematikasi

 11 Xayitova Shaxlo Davlatovna

90 226 45 86

 kafedra o’qituvchisi Biostatistika,

O’simliklar geografiyasi,

Mevachilik,

Dorivor o’simliklar,

Biometriya

 

 12 Habibullaev Behruz Sherboevich

94 463 88 98

 kafedra o’qituvchisi Biotexnologiya,

Molekulyar biologiya, Biokimyo va molekulyar biologiya,

Biologiya o’qitish metodikasi,

Dorivor o’simliklar.

 13 Fozilov Sherzod Musurmonovich

93 762 90 34

 kafedra o’qituvchisi Tuban o‘simliklar,

O‘simliklar fizioogiyasi,

O‘simliklar fiziologiyasi,

Mikrobiologiya va virusologiya ,

Biokimyo va molekulyap biologiya

Habibullaev Behruz Sherboevich talabalikning dastlabki kunlaridan boshlab bilimga chanqoqligi va tirishqoqligi bilan ustozlari e’tiboriga tushdi, tengqurlari mehrini qozondi. Viloyat, Universitet miqiyosida tashkil etilgan ilmiy-ma’naviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib bordi.

2010 yilda Termiz davlat universiteti hamda Germaniyaning “LOGO” (“Landwirtschaft Ökologische Gleichgewicht Osteuropa-Qishloq xo’jaligi va Ekologiyaning Sharqiy Yevropa bilan muvozanati”) tashkiloti hamkorligi doirasida Germaniyada, 6 oy muddatda o’quv amaliyotida bo’lib, ekologiyaning qishloq xo’jaligi bilan bog’liq muammolori ustida izlanishlar olib bordi va xalqaro sertifikatni qo’lga kiritdi. U 2012 yilda Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda “DAAD” (“Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati”) tashkiloti tashabbusi bilan Turin politexnika universitetida tashkil etilgan “HSK SUR PALACE” o’quv seminarida ishtirok etib, xalqaro sertifikatni qo’lga kiritib qaytdi.

2012-2013 yillarda tashkil etilgan “MYeNYeJYeR” loyixasida ishtirok etib, bir qancha sertifikatlarni qo’lga kiritdi hamda yosh trener maqomiga yega bo’ldi.

2013 o’quv yilida Respublika oliy o’quv yurtlari talabalarining II bosqich fan olimpiadasida nemis tili fanidan faol ishtirok etib Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

U 2015 yilda “Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati” (“DAAD”) tashkilotining ta’lim stipendiyasi sovrindori bo’lib, Germaniyaning Frankfurt am Mayn shahrida o’z bilim va malakasini oshirib, xalqaro sertifikatga ega bo’lib qaytdi. Talabalik yillarida Behruz 10 dan ortiq xalqaro sertifikatlarni sohibi bo’ldi,  ilmiy izlanishlarini Respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy konferentsiyalar to’plamlarida chop ettirdi.

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni   muvofiqlashtirish qo’mitasining 2016-2017 yillarga muljallangan “Yosh olimlarning akademik xarakatchanligi” dasturi  doirasida “Surxandaryo viloyatining sho’rlangan tuproqlari sharoitida  “Psevdorizobin” biologik preparatini no’xat ekiniga qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi bilan qatnashib grant lauriyati bo’ldi. U O’zbekiston Ekologik harakati Surxondaryo viloyati bo’limi jamoatchi inspektori sifatida atrof muhitni ekologik monitoring qilishda o’z faolligini ko’rsatib kelmoqda. 2016-yildan Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgacha universitet, respublika, va halqaro jurnallarda, konferentsiyalarda o’zining tezislari va ilmiy maqolalari bilan faol qatnashib, 30 dan ortiq maqola va tezislar muallifi bo’lgan. U jamotchilk ishlarida, xususan Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ham faol qatnashib kelmoqda. Zakovat saltanati intelektual teleklubining a’zosi, “Kamolot” jamoasi sardori, 2015-2016 yilgi mavsum chempioni. 2016-yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan IX Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida faol ishtirok etib Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining diplomi bilan taqdirlangan.

2018-2019 o’quv yilida Botanika kafedrasi  kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va erishgan yutuqlaridan foto lavhalar.0

01

02

03

04

05

06

07

08

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support