Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Boshlang`ich ta`lim kafedrasi

478 Views
  1. Kafedraning tarixi

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish hamda joriy o’quv yilida ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan kafedra oldiga qo’yilgan barcha vazifalarni amalga oshirishni bosh maqsad qilib qo’ygan.

Kafedra 1988-1989 o’quv yilining 1 sentyabrida “O’zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi” kafedrasi negizida tashkil topdi.

  • Pedagogika fakulьtetida “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi deb nomlandi.
  • 2000 yildan boshlab kafedra “Boshlang’ich ta’lim va lotin yozuvi” deb atalgan.
  • 1988-2005 yillarda kafedrani f.n., prof.S.Raximov boshqardi.
  • 2005-2010 yillar mobaynida kafedra “Boshlang’ich ta’lim” deb nomlangan.
  • 2010 yilda kafedralarni yiriklashtirish maqsadida “Boshlang’ich ta’lim“ va ”Maktabgacha ta’lim” kafedralari birlashtirilib, “Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim” deb yuritila boshladi.
  • 2005 yildan 2011 yilning avgustiga qadar kafedrani f.f.n., dots.R.B.Mustafaqulov boshqardi.
  • 2011 yil 28 avgustdan buyon mudir vazifasini bajaruvchi lavozimida p.f.n.,dots. M.O.Norbosheva faoliyat yuritdi.
  • 2013 yil 26 avgustdan buyon kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2018 yil 17 yanvardan kafedra mudiri lavozimida dots.X.Norbo’taev faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra 2018-2019 o’quv yilida o’quv yuklamasi kunduzgi bo’limda 16319 soat, sirtqi va maxsus sirtqi bo’lim yo’nalishida 4010, jami 21921 soatni tashkil etib, 24,5 shtat birligi tasdiqlangan. Kafedraning ilmiy salohiyati 21%, kafedraning o’rtacha yoshi 45 yosh, kafedrada o’qitiladigan fanlar soni – 10 ta, jumladan 3 tasi tanlov fanlaridan iborat.

 O’quv yili davrida kafedrada 19 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan, 3 nafar fan nomzodi va dotsentlar (X.Norbo’taev Sh.Yoqubov, R.Mustafoqulov), katta o’qituvchi 3 nafar (A.Djurakulova, D.Shabbazova, L.Muxtorova)  va 13 nafar o’qituvchilardir.

 Kafedraning ilmiy ishlari

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan  Xalqaro miqiyosida 60 ta, Respublika jurnali va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi. SHuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari bir qancha o’quv-uslubiy qo’llanmalarni nashr ettirgan. Jumladan, Bu borada dotsent. X.Norbo’taev tomonidan yaratilgan qator o’quv va uslubiy qo’llanmallar, xususan: “O’lka ekologiyasining fizik – biologik  jadvali va unga qo’yiladigan didaktik talablar” (Toshkent, “Fan”, 2008), “Fanlararo ekologik mazmunda  topishmoqli masal – savollar”. ( Toshkent, “Fan”, 2008), “Fanlararo ekologik tarbiya”. (Toshkent, “Dizayn –press” MCHJ, 2012), “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. O’quv qo’llanma. (Termiz, “Surxon”,  2018) va boshqalar; dotsent R.Mustafaqulov tomonidan “Tog’lardek yashasa odam”. Qo’llanma. (Toshkent, “Yangi asr avlodi” 2005), “Alpomishlar afsona emas” Qo’llanma. (Toshkent, “Yangi asr avlodi” 2007), dotsent SH.Yoqubov tomonidan “Grammatik o’yinlar”.Uslubiy qo’llanma. (Termiz, “Surxon”, 2009), k.o’qit. A.Djurakulova  tomonidan “Algebra va matematik analiz asoslaridan misol va masalalar to’plami”. O’quv qo’llanma. (Toshkent, “Noshir”, 2014), “Matematika”. Uslubiy qo’llanma. (Toshkent, “Turon-Iqbol”, 2011), k.o’qit. D.SHabbazova  tomonidan “Boshlang’ich sinf o’quvchisining aqliy shakllanishi”. Ilmiy risola. (Termiz, 2017). SHuningdek, kafedra prof-o’qituvchilari L.Muxtorova, D.Yakubova, Z.Amirqulova, N.Mengniqulovalarning qator ilmiy-metodik ishlari nashr ettirish arafasida ekanligi  muhim ahamiyatga egadir.

SHuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan barcha o’qitilayotgan fanlardan o’quv-uslubiy majmualarning qog’oz va elektron variantlari yaratildi. Fanlardan test banklari qayta tayyorlandi. Kafedra professor-o’qituvchilar reja asosida kafedra  miqyosida ochiq darslar tashkil etildi. 2018-2019 o’quv yili davomida kafedra bo’yicha 17 ta ochiq dars rejalashtirilgan bo’lib, 3 tasi rejaga muvafiq tashkil etildi.

Universitet o’quv boshqarmasi rejasiga muvofiq 2015 yil sentyabr oyidan hozirgi kungacha  quyidagi kafedra prof-o’qituvchilari A.Djurakulova., SH.Maxmaraimova., L.Muxtorova., N.Mengnikulova., p.f.n. X.Norbo’taev., Z.Amirqulova., Sh.Choriev., D.Yakubova., I.Rafiqov, F.Xayitovalar Oliy ta’lim tizimi pedagog va kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida mutaxassislik bo’yicha qayta malakasini muvaffaqiyatli oshirib qaytdilar.

Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-o’qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida ularning ilmiy mavzulari ro’yxati berilmoqda.

  1. Xolmo`minova Oygul Jumayevna – “O`quvchilarda ekologik – huquqiy tarbiya berishda maktab, oila va mahalla hamkorligini takolmillashtirish” Ilmiy rahbar: prof. X.J. Xudoyqulov.
  2. Rapiqov Ibrohimjon G`aniyevich. “Boshlang`ich sinf o`quvchilarini mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish” Ilmiy rahbar: prof. M.E. Haydarov.
  3. Choriyev Shokir Mamadaminovich – “O`zbek tilidagi tibbiy terminlar etimologiyasi ” Ilmiy rahbar: prof.Z. T. Xolmanova.

            III.Boshlang`ich ta`lim kafedrasi quyidagi nufuzli oliy o’quv yurtlari bilan uzviy bog’lanib, hamkorlik aloqalarini olib boradi:

  1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlang`ich ta`lim” kafedrasi.
  2. QarDUning “Boshlang`ich ta`lim” kafedrasi.
  3. BuxDUning “Boshlang`ich ta`lim” kafedrasi.
  4. SamDUning “Boshlang`ich ta`lim” kafedrasi.
  1. Kafedra tomonidan o’qitiladigan fanlar ro’yxati.
  1. Ona tili o’qitish metodikasi
  2. Ona tili va adabiyot
  3. Mehnat va uni o’qitish metodikasi
  4. Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi
  5. Matematika o’qitish metodikasi
  6. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi
  7. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi

Kafedra faoliyatidan lavhalar1111Кafedrada yig’ilishi jarayoni (kafedra mudiri  dots.Х.Norbo’tayev)0Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan  o’qitish usullarimavzusida  navbatdagi  amaliy  mashg’ulot.00ANJUMAN  ISHIDAN LAVHALAR000Anjumanni  univеrsitеt ilmiy ishlari prorеktori, t.f.d., prof. Sh.Shaydullayеv kirish so’zi bilan ochdi.0000“Boshlang’ich ta’limni rivojlantirish istiqbollarida fanlararo o’qitishning o’rni” mavzusida Boshlang’ich ta’lim  metodikasi kafеdrasi mudiri, p.f.n.,X.Norbo’tayеv ma’ruzasi.00000Anjuman  munosabati bilan tashkil etilgan ko’rgazma.000000“Boshlang`ich ta`lim” kafedrasining professor-o’qituvchilari ro’yxati.

 1 Norbo`tayev Xushboq Bobanazarovich – p.f.n., dotsent, kafedra mudiri
 2 Yoqubov Sharif – f.f.n., dotsent,
 3 Mustafaqulov Ro`ziqul Baynazarovich – f.f.n.,  dotsent,
 4 Djurakulova Adolat  Xalmuratovna – katta o`qituvchi
 5 Shabbazova Dilfuza Ruzikulovna – katta o`qituvchi
 6 Muxtorova Lobar Abdumannobovna – katta o`qituvchi

 

 7 Yakibova Dilorom Sharifovna – o`qituvchi

 

 

 8 Mengniqulova Nasiba Xollievna   – o`qituvchi

 

 

 9 Amirqulova Zebuniso Mustafoqulovna-o`qituvchi.
 10 Xayitova Feruza Abdullayevna  -o’qituvchi.
 11 Rapiqov Ibrohimjon G`naiyevich – o’qituvchi.
 12 Choriyev Shokir Mamadaminovich-o’qituvchi.

13

 

 

 

 

 

Normurodova Nigora Abdusattorovna – o’qituvchi.
 14 Xolmo`minova Oygul Jumayevna – o’qituvchi
 15

 

 

 

 

Djumayeva Xulkar Muhammadjonovna – o’qituvchi
 16 Ismailov Bobur Toxirovich – o’qituvchi.
 17

 

 

 

 

Bazarov Sobir Bektashovich – o’qituvchi.
 18 Berdiyeva Nazira Uralovna – o’qituvchi.
 19

 

 

 

 

To`rayeva Gulnoza Ergashovna – o’qituvchi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support