Trulli Trulli Trulli

Axborot resurs markazi

170 Views

СнимокOʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2006 yil 20 iyunda PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” qarori asosida zamonaviy axborot-resurs markazlari qurila boshladi. Shu qatorida  Termiz davlat universiteti qoshida Axborot–resurs markazi 2013 yilning noyabr oyida toʻliq ishga tushirildi. Markaz binosi uch qavatdan va yertoʻla qismidan iborat boʻlib, asosiy fond yertoʻlada joylashgan. Har bir qavatda oʻquv zallari mavjud.

       Axborot  resurs markazida 128 kompyuter, 10 dona printer, 1 dona elektron tablo,  4 dona elektron doska, 4 dona yigʻma  elektron doska,  beshta axborot texnologiya xonalari mavjud boʻlib, ulardagi komputerlar lokal tarmoq va internet tizimiga ulangan, WI – FI  zonasi tashkil qilingan. Kitobxonlar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va barcha OTM Axborot resurs markazlari elektron kutubxonasi fondidan ham foydalanish imkoniyatiga ega.

     Axborot resurs markazida struktura boʻyicha 5 ta boʻlim mavjud:

1.Ilmiy uslubiy va axborot-maʼlumot (davriy nashrlar) boʻlimi;

  1. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi;
  2. Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish boʻlimi;
  3. Elektron axborot resurslari boʻlimi;
  4. Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash boʻlimi.

      Axborot – resurs markazida 33 ta ish oʻrni ajratilgan. Xodimlarning  15 nafari oliy maʼlumotli, 18 nafari  oʻrta maxsus maʼlumotga ega. Har yili  axborot resurs markazi xodimlari malaka oshirish kurslarida, respublika miqyosida boʻlib oʻtadigan seminar – treninglar va koʻrik tanlovlarda qatnashib kelmoqdalar. 2018 yilning mart, aprel oylarida 4 nafar xodim Oʻzbekiston Respubdikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi Axborot resurs markazlari xodimlarining malaka oshirish kurslarida qatnashib sertifikatlarga ega boʻlishdi.

  Hozirgi vaqtda Axborot resurs markazining umumiy fondi 205 942 donani tashkil etadi.

Umumiy fond (bosma nashrlar) darslik Oʻquv qoʻllanma Oʻquv uslubiy qoʻllanma Badiiy adabiyotlar Boshqa adabiyotlar
1 150942 41 209 81 684 7 395 15 401 5 253

   Axborot resurs markazi elektron  resurslar bazasi hozirgi kunda 55 000 donani tashkil etadi. Barcha adabiyotlar yoʻnalishlar boʻyicha alohida papkalarga joylashtirilgan. Axborot resurs markaziga keltirilgan barcha adabiyotlarning elektron shakli yaratilib boriladi.

    Kitobxonlarni kunlik yangiliklardan, hukumatimizning barcha qaror va farmoyishlaridan xabardor qilish maqsadida elektron resurslaridan foydalanish saytlarining roʻyxati, ARMga keltirilgan yangi adabiyotlarning taqdimoti va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar eʼlonlari elektron tabloda muntazam ravishda yoritilib boriladi.

   Axborot resurs markazidan bir vaqtning oʻzida 365 nafar kitobxon foydalanish imkoniyatiga ega. Bir kunda oʻrtacha 750-800 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatiladi. Bir oyda oʻrtacha 12 831 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatiladi, 18 673 dona kitoblar aylanishi kuzatilgan.

   Axborot – resurs markaziga universitetning barcha oʻqituvchi va talabalari va rahbar hodimlari aʼzo qilingan va ular oʻquv adabiyotlar, gazeta va jurnallardan muntazam foydalanib kelishadi. Kitobxonlarning ARMga qatnovi monitoringi muntazam olib boriladi. Markaz aholiga xam xizmat koʻrsatadi, ular oʻquv zallari va elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega.

    Har yili universitet professor oʻqituvchilarining takliflarini inobatga olgan holda, davriy nashrlarga  axborot  resurs markazida obuna tashkil etiladi. Markazning har bir qavatida gazeta va jurnallar yigʻma jildlari javonlarga taxlangan va ularning elektron katalogi yaratilgan. Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida birinchi qavatda gazeta jurnallar mutolaasi xonasi tashkil etilgan.  Talabalar turar joylarining maʼnaviyat xonalarida gazeta va jurnallarning yigʻma jildlari tashkil etilgan boʻlib, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda davriy nashrlardagi yangiliklardan oʻz vaqtida xabardor boʻlish imkonini beradi. Milliy kutubxona tomonidan nashr etiladigan “INFOLIB” axborot-kutubxona Xabarnomasi jurnaliga 2018 yil uchun obuna tashkil etilgan.

            Axborot – resurs markazida gazeta va jurnallar 3 yillik obuna roʻyxati

Obuna yili Gazeta (nomda) Jurnal (nomda) Umumiy narxi
1 2016 21 21 1 4713 070
2 2017 26 45 26 000 000
3 2018 27 46 51 800 000

 “Axborot kutubxona faoliyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Respublika axborot kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash bayoni qarorlarining ijrosi yuzasidan chorak, olti oylik, toʻqqiz oylik va yillik hisobotlar belgilangan muddatlarda  taqdim etib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida” gi PQ-3271-son Qarori ijrosi yuzasidan axborot-resurs markazida universitet talabalarining mutolaa madaniyatini va kitobxonlik koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan reja ishlab chiqilgan boʻlib, Axborot-resurs markazida amalga oshirilmoqda.

Axborot resurs markazi Ilmiy-uslubiy axborot-maʼlumot (davriy nashrlar) boʻlimi

Ushbu boʻlim har yilgi anʼanaga muvofiq yangi oʻquv yilini ochiq eshiklar haftaligi bilan boshladi. Ushbu haftalikda boʻlim hodimlari universitetning barcha fakultetlari birinchi bosqich talabalarini ARM faoliyati va uning xizmatlaridan foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishtirib oʻttilar.

Professor oʻqituvchilar, ishchi hodimlar hamda talabalarga xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim vazirligi buyruqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi. Boʻlim hodimlarining malaka oshirishi va tajriba almashish rejalarini tuzib boradi. Foydalanuvchilarni ARM ga jalb etishda turlicha yondashuvlarni olib boradi.

Axborot-resurs markazi viloyat va respublika miqyosidagi barcha tadbir va seminarlarda faol ishtirok etib boradi.

Ilmiy boʻlim davriy nashrlar yigʻma jildlarini tashkil qiladi. Ulardan foydalanish uchun xizmat koʻrsatadi. Gazeta va jurnallar katalogini yuritib boradi. Muhim sanalarga bagʻishlangan tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilib boradi. Yangi kelgan adabiyotlar taqdimotini oʻtkazib boradi. Magistr va doktorantlarga bajarilgan ilmiy ishlar taqdim etishda koʻmaklashadi.

Axborot resurs markazi faoliyatidan foto lavhalar

Ilmiy-uslubiy boʻlim ARM ning boshqa boʻlimlari bilan hamkorlikda muhim sanalarga bagʻishlangan tadbirlarni tashkillashtiradi. Rus filologiyasi fakulteti har xaftada Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda rus klassik yozuvchi va shoirlaridan S. Yesenin, L. Tolstoy,

M. Svetayeva va I. Turgenevlarga bagʻishlangan badiiy kechalar oʻtkazib  borishmoqda.

12-dekabr kuni Axborot resurs markazida XX asr qirgʻiz adabiyotining eng isteʼdodli va jahonga tanilgan yirik namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi hamda yangi kelgan adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbek filologiyasi fakulteti professor oʻqituvchi, talabalari va Axborot resurs markazi hodimlari ishtirok etishdi.

Termiz davlat universiteti Axborot-resurs markazi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida  talabalarning  kitobxonlik madaniyatini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida “Kitob – xazina, bilim – boylik” shiori ostida “Zukko kitobxon” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtti. Tanlov belgilangan shartlar boʻyicha “Oʻtkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ikki eshik orasi”, “Chol va dengiz” hamda “Dunyoning ishlari” asosida oʻtkazildi. Tanlov gʻoliblariga estalik sovgʻalari topshirildi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support