Amaldagi loyihalar

Amaldagi loyihalar

  • Loyiha nomi: PAWER – “Hududlararo mobillikni yoʻlga qoʻyish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni taʼminlash”
  • Loyiha granti oluvchisi:  Italiyaning LAkvila universiteti.

    Loyiha maqsadi: Loyiha talabalar mobilligi kontekstida kreditlarni (baholarni) va besh oʻquv yoʻnalishi boʻyicha baholash tizimini mukammallashtirish va moslashtirish jarayonini yoʻlga qoʻyishdan iboratdir. Loyiha yakuniga koʻra talabalarning xalqaro mobilligini osonlashtiruvchi, hamkor taʼlim muassasalari oʻrtasida yagona mexanizm ishlab chiqiladi

    Loyihaning umumiy miqdori: 29,000 yevroga teng

    Loyiha muddati: 2016-2019 yy.

  • Loyiha nomi: INTRAS – Intellektual transport tizimlari: Oʻzbekiston uchun yangi AKTga asoslangan magistratura oʻquv dasturi
  • Loyiha granti oluvchisi:  Polshaning Gdansk universiteti.

    Loyiha maqsadi: Shu sohada Oʻzbekistonda magistratura bosqichidagi taʼlimni rivojlantirish va bu borada malaka almashish imkoniyatini yaratib berish

    Loyihaning umumiy miqdori: 79,400 yevroga teng

    Loyiha muddati: 2017-2020 yy