Xalqaro aloqalar bo’limi

Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi

Bo’lim nomi: Xalqaro aloqalar bo’limi

Bo’lim boshligi: Tog’aev G’afur Erkin o’g’li

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (09:00 – 11:00)

Telefon: (97) 242-57-67

E-mail:   termduxab@mail.ru

              scream-jgb@mail.ru 

Bo’lim faoliyati haqida ma’lumot:

Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi
1992-yildan bugungi kungacha bir qator xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik o’rnatib kеlmoqda. Ular orasida Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Janubiy Korеya, Rossiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Italiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Yevropa Komissiyasining Erasmus+, shuningdеk DAAD, Gyotе Instituti, Britaniya Kеngashi, JICA, KOICA, TICA, ITEC va boshqa ko’plab talim sohasidagi xalqaro muassasalar hamda loyihalarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin.

  • Bugungi kundagi xalqaro hamkorlik
  • Hozirgi kunda universitet quyidagi xorijiy OTMlar bilan hamkorlik qilmoqda:
  • - Qirg‘izistonning Qirg‘iz milliy agrar universiteti
  • - Germaniyaning Myunster universiteti
  • - Chexiyaning Karlova Universiteti
  • - Rossiyaning A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti
  • - Fransiyaning Lion uniersiteti
  • - Qozog‘istonning Sidariya universiteti
  • - Rossiyaning Moskva pedagogika davlat universiteti
  • - Qozog‘istonning Qozoq milliy agrar universiteti
  • - Tojikistonning Rus-tojik (slavyan) universiteti
  • - Rossiyaning Sochi davlat universiteti
  • - Fransiyaning Parijdagi G‘arb va sharq filologiyasi va arxeologiyasi laboratoriyasi
  • - A.I Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti
  • - Rossiya Fanlar akademiyasining Kabardino-Balkar ilmiy markaz-4. Slovakiyaning Ruzomberok Katolik universiteti
  • - Tojikistonning Tojik davlat moliya-iqtisod universiteti
  • - Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti
  • - Turkiyaning Karamano‘glu Mehmetbey universiteti
  • - Rossiyaning N.G.Chernishov nomidagi Saratov milliy tadqiqot davlat instituti
  • - Rossiyaning A.Grigorevich va N.Grigorevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat universiteti
  • - M.O Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti
  • - Afg‘onistonnig Turkiston oliy ta’lim xususiy universiteti

XORIJIY OTMlar, TASHKILOTLARDAN KELGAN  VAKILLAR:

  • 2019-yil mobaynida Germaniya, Rossiya, Fransiya, Tojikiston, Polsha, Yaponiya, Xitoy, Chexiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon Respublikalari oliy ta`lim muassasalaridan kelgan jami 30 ga yaqin professor-o‘qituvchilar nemis tili, rus tili, ingliz tili, tarix va arxeologiya, tojik tili, pedagogika, iqtisodiyot va turizm, biologiya va geografiya, fizika va matematika ta`lim yo‘nalishlari va sohalarida ma`ruza o‘qish va mahorat darslarini o‘tish uchun tashrif buyurishgan. Nemis, ingliz va koreys tili bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda Germaniyaning SES (Keksa ekspertlar xizmati), Koreyaning KOICA tashkilotlari mutaxassilaridan ham foydalanilmoqda.
  • Ilka Bixbaymer – Germaniya Federativ Respublikasi Keksa ekspertlar xizmati tashkiloti vakili, 2019-yil 12-28 yanvar kunlari Xorijiy filologiya fakulteti Nemis tili yo‘nalishi talabalari bilan Germaniyadagi ta’lim borasida seminar olib bordi.
  • - Takaxashi Toshikazu, Unzer-Shuts Giankarla - Yaponiyaning Rissyo universiteti dotsentlari, 2019-yil 7-9 mart kunlari Termiz davlat universitetida “Yapon korxonalarining xorijga kirib borishi”,  ”Dunyodagi Mangalar va Mangalardagi dunyo” mavzusida ma’ruzalar qildi. 
  • - Janob Yohannes Shtikel - Germaniya Federativ Respublikasi Keksa ekspertlar xizmati tashkiloti eksperti,  2019-yil 7-26 sentyabr kunlari Xorijiy filologiya fakulteti Nemis tili hamda ingliz tili yo‘nalishi talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlar olib bordi.
  • - Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mosud Mannan va uning maslahatchisi Nripenda Chandra Debnath Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Termiz davlat universiteti va Bangladesh universitetlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi.
  • - Fransiyaning Parijdagi G‘arb va Sharq filologiyasi va arxeologiyasi laboratoriyasi (CNRS-ENS UMR 8546)ning Termiz davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan Fransiya Respublikasidan ikki nafar arxeolog professorlar de Pontbriand Ségolène va Leriche Pierre lar tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad Surxon vohasining  antik davr va o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklarini o‘rganish va Termiz davlat universiteti professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida arxeologik tadqiqotlar olib borishdan iborat. (2019 yil may)
  • - 2019-yilning 19-noyabrida Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti professori janob Vang Dzi Dtsin universitetda xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan tadqiqot institutini (laboratoriya, muzey va yotoqxonadan iborat) qurish masalasini muhokamasi uchun tashrif buyurdi.
  • - Qozog‘istondagi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori Tasbolat Baybolat 2019-yilning 4-7 dekabr kunlari geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tdi.
  • - Polshaning Gdansk davlat universiteti dotsenti Dorota Maevich xonim 2019-yilning 1-noyabridan 2020-yilning 30-yanvariga qadar ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabalalariga mutaxassislik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
  • - Tojikistondagi Panjikent davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori prof. Shodmon Vohidov 2019-yilning 3-4 dekabr kunlari Termiz davlat universiteti talabalariga ma’ruza o‘qidi.
  • - Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld 2019-yilning
  • 12-dekabrida unversitet rahbariyati va nemis tili yo‘nalishi talabalari hamda ayni kafedra o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Germaniya bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
  • - Rossiyaning Voronej davlat universiteti tibbiyot biologiya fakulteti dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Solodovnikova Olga 2019-yilning 18-23 noyabr kunlari universitet talabalariga mutaxassislik fanlaridan mahruza o‘qidi.
  • - 2019-yilning 20-noyabrida KOICA tashkilotining 2 nafar mutaxassislari Kim Byonglu hamda Seo Ungab 2 yil davomida universitet talabalariga koreys tilidan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun tashrif buyurdi.
  • - 2019-yilning 14-noyabrida Germaniyaning “Praktikum4people” kompaniyasi rahbari Xayke Vitxop xonim universitet rahbariyati hamda Iqtisodiyot va turizm, Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlari talabalari bilan Germaniyada amaliyot o‘tash masalalari yuzasida uchrashish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.
  • - Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Sureyya Er hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) rahbari Ali Ihsan Chag‘lar bilan universitet rektori uchrashdi. Turkiyaning Marmara hamda Istanbul universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, turk tilini o‘qitish, turizm, engil sanoat va to‘qimachilik sohalarida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.
  • - 2019-yilning 5-6 dekabr kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti “Biotexnologiya” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor Baxtjan Shilmirzaevich Kedelbaev tashrif buyurdi.
  • MALAKA OSHIRISH VA STAJIROVKA
  • - Fakultetlararo chet tili kafedrasi mudiri Qudratov Gʼayrat Buyuk Britaniyaning Norvich til oʼqitish instituti 1 oylik malaka oshirishda qatnashdi. (2019-yil avgust)
  • - Oʼqituvchi Shirnazarova Zamira Germaniya Federativ Respublikasi Gumboldt universitetida tashkil etilgan Nemis tili oʼqituvchilari uchun malaka oshirish kursiga qatnashdi. (2019-yil 28-iyul – 10-avgust)
  • - Oʼqituvchi Raximova Goʼzalbegim Sochi davlat universitetida 2 haftalik malaka oshirishda qatnashdi. (2019-yil noyabr)
  • - Geografiya kafedrasi o’qituvchisi Esanov Nazar Moskva davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan 2 oylik stajirovka dasturida ishtirok etmoqda.

XORIJIY SAFARLAR

  1. Rektor А.Toshqulov boshliq TerDU delegatsiyasi 2019-yil 21-25 mart kunlari Xitoyning Sian shahridagi Shimoli-gʼarbiy universiteti Termiz davlat universitetida Konfutsiy xitoy tili va madaniyat instutini ochish boʼyicha rasmiy tashrif bilan boʼlib qaytdi. 2020-yildan universitet hududida ushbu institut oʼz faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.
  2. Rus filologiyasi fakulteti dekani P. Bakirov 2019-yil 26-martidan 2 apreliga qadar Rossiyaning N.G.Chernshevskiy nomidagi Saratov Milliy tadqiqot davlat universiteti bilan hamkorlik toʼgʼrisida bitim tuzib kelish hamda o’quv mashg’ulotlarini olib borish maqsadida safarda boʼldi.
  3. Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani M.Gadayshaev, Moliya kafedrasi mudiri E.Аvazov, Iqtsodiyot va menejment kafedrasi katta oʼqituvchisi Sh. Otamurodovlar 2019-yilning 28-fevralidan 7-martigacha Tojikiston davlat moliya-iqtisod universiteti bilan hamkorlik rejasiga asosan 2018/2019 oʼquv yili bahorgi semestrida maʼruza oʼqish uchun xorij safarida boʼlishdi.
  4. Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzaev 2019-yil 31-yanvar – 2-fevral kunlari Qozogʼiston Respublikasi "SILKWAY" xalqaro universiteti professori E.T.Chorievning 80 yillik yubileyiga bagʼishlab oʼtkaziladigan konfrensiyada ishtirok etish uchun xorij safarida boʼldi.
  5. Rus filologiyasi dekani vazifasini bajaruvchisi D.Suleymanov, Rus filologiyasi kafedrasi mudiri N.Panjiev, Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi mudiri R.Аbdullaevlar 2019-yil 7-9-fevral kunlari Tojikistondagi Rus-Tojik (slovyan) universiteti bilan 2019-2022-yillar uchun hamkorlik rejasini tuzish hamda rus va tojik tillari taʼlim yoʼnalishi talabalariga oʼquv mashg’ulotlarini oʼtish maqsadida xorij safarida boʼlishdi.
  6. Oʼzbekiston tarixi kafedrasi mudiri prof. Sh.Shaydullaev 2019-yil 23-27 aprel kunlari Turkiyaning Аnqara universiteti hamda 28-aprel – 5-may kunlari Chexiyaning Karlova universitetlari bilan Termiz davlat universiteti oʼrtasidagi ilmiy aloqalarni oʼrnatish va arxeologiya taʼlim yoʼnalishi talabalariga maʼruza oʼqish maqsadida xorij safarida boʼldi.
  7. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri А.Xudoyqulov, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Islomovlar 2019-yil 20-25 may kunlari Qirgʼiziston Respublikasining Skryabin nomidagi Qirgʼiz milliy agrar universitetida tashkil etilgan “ERASMUS+” dasturi doirasida PAWER loyixasining boshqaruv qoʼmitasi yigʼilishida ishtirok etish uchun xorij safarida boʼldi.
  8. Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi dotsenti M.Shomirzaev, oʼqituvchi R. Xaydarovlar 2019-yil 29-31 may kunlari Tojikiston Respublikasidagi Dushanbe davlat pedagogika universiteti bilan ilmiy va oʼquv sohalarda xamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida xorij safarida boʼldi.
  9. Kimyo va texnologiya fakulteti dekani prof. X.Toʼraev va noorganik va analitik kimyo kafedrasi doktoranti Sh.Qosimov Xitoy Xalq Demokratik Respublikasining Sinin (Xining) shaxridagi Xitoy fanlar akademiyasining Qingxai tuzli koʼllar institutida (Qinghai institute of salt lakes CAS) boʼlib oʼtayotgan 36-xalqaro eritmalar kimyosi konferentsiyasida oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
  10. Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi oʼqituvchisi K. Jamahmatov 2019-yil 18-23 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasida ilmiy izlanishlari doirasida hamda “Исследования древней культуры вчера и сегодня” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun xizmat safarida boʼldi.
  11. Universitet rektori А.Toshqulov, Bino inshootlar arxitekturasi va qurilishi kafedrasi mudiri Z.Samatov, xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi Gʼ.Togʼaevlar Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2019-yilning 21-25 oktyabr kunlari Аvstriyaning Klagenfurt shahrida tashkil etilgan INTRAS loyihasining navbatdagi qoʼmita yigʼilishlarida ishtirok etish maqsadida xizmat safarida boʼldi.

Bundan tashqari professor-o’qituvchilar Rossiya, Fransiya, Tojikiston, Qozog’istonning boshqa ko’plab yetakchi oliy ta’lim muassasalariga ham ilmiy safarlar uyushtirishdi.

TALABALARNING XORIJIY SAFARLARI

2019 yil mobaynida Termiz davlat universitetining 20 ga yaqin talabalari Germaniyaning LOGO, PRAXX hamda Praktikum4people kompaniyalari, DAAD tashkiloti tomonidan taklif etilayotgan fan va til, dala va mehmonxona amaliyotlarida, yozgi maktablarda hozirgi vaqtgacha faol qatnashdilar.

Bino inshootlari va Arxitektura yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ikki nafar talaba 2018 yildan boshlab Moskva arxitektura institutida o‘qimoqda.

2019-2020 o‘quv yilining 1 semestri davomida Termiz davlat universitetining 5 nafar talabalari Rossiyaning A.Grigorevich va N.Grigorevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat universitetida tahsil olib qaytishdi.

QO’SHMA DASTURLAR

Rossiya Federatsiyasidagi A.Grigorevich va N.Grigorevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat universiteti bilan hamkorlikda turizm va rus tili ta`lim yo‘nalishlarida 3+1 formatda qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha kelishuv olib borilmoqda.

Rossiya Federatsiyasidagi Ivanovo kimyo va texnologiya davlat universiteti bilan hamkorlikda kimyo ta`lim yo‘nalishida 3+1 formatda qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha kelishuv olib borilmoqda.

XALQARO GRANT VA LOYIHALAR

  1. Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida "Oliy ta`limda salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER - hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta`minlash" loyihasi. Loyiha miqdori 30,000 AQSh dollari. Muddati 2016-2019 yillar.
  2. Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida qiymati 78,400 yevroga teng bo‘lgan "O‘zbekistonda yangi AKTga asoslangan aqlli transport tizimlari bo‘yicha magistratura mutaxxasisligini ochish" loyihasi. Loyiha muddati 2018-2020 yillar.
  3. Chexiyaning Karlova universiteti bilan hamkorlikda viloyat hududida arxeologik tadqiqotlarni olib borish maqasdida investisiya jalb etildi. Loyiha muddati 2019-yil davomida. Qiymati 3,800 yevro.
  4. Universitetning 10 nafar nemis tili ta`lim yo‘nalishi talabalari va 1 nafar ayni kafedra o’qituvchisining 12 kun davomida Germaniyaning Myunster universiteti hamda Duysburg-Essen universitetiga ilmiy sayohati" loyihasi. Loyiha muddati 2019-yil. Qiymati 13,000 yevro.
  5. Xitoyning Hanbanda joylashgan Konfusiy instituti bosh markazi hamda Shimoli-g‘arbiy universitet bilan hamkorlikda universitetda Konfusiy xitoy tili va madaniyati institutining filialini ochish loyihasi. Loyiha 2020-yildan boshlanadi.
  6. KOICA tashkilotining 2 nafar volontyori 2019-yilning noyabridan boshlab universitetda koreys tilidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Muddati 2019-2021 yillar.
  7. Germaniyaning SES (Keksa ekspertlar xizmati) fondi bilan hamkorliqda 2 nafar mutaxassis jalb etildi. Har ikki mutaxassis 1 oy mobaynida universitetning Xorijiy filologiya fakultetida nemis va ingliz tili ta`lim yo‘nalishi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlar olib borishdi. Loyiha muddati 2019-yil yanvar hamda sentyabr oylari.
  8. Germaniyaning Gyote instituti bilan hamkorlikda qiymati 2,000 yevro bo‘lgan "Germaniyada nemis tili o‘qituvchilarining malaka oshirish kursida qatnashish uchun Gyote institutiga xizmat safari" loyihasi. Loyiha muddati 2019-yil.
  9. Germaniya Federativ Respublikasining Germaniya akademik almashinuv dasturi (DAAD) doirasida qiymati 4,000 yevro bo‘lgan "Germaniyada nemis tili bo‘yicha yozgi intensiv kursda ishtirok etish" loyihasi. Loyiha muddati 2019-yil

XORIJLIK TALABALAR

  1. Afg‘oniston Islom Respublikasi

Hozirgi kunda universitetning Iqtisodiyot va turizm, Xorijiy filologiya, O‘zbek filologiyasi hamda Tarix fakultetlarida jami 35 nafar Afg‘oniston fuqarolari tahsil olmoqda.

  1. Qozog‘iston Respublikasi

Hozirgi paytda universitetning arxitektura va qurilish fakultetida 1 nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi tahsil olmoqda.

  1. Rossiya Federatsiyasi

Hozirgi kunda universitetning Rus filologiyasi hamda Xorijiy filologiya fakultetlarida jami 2 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari tahsil olmoqda.

  1. Turkiya Respublikasi

Hozirgi paytda universitetning Arxitektura va qurilish fakultetida 1 nafar Turkiya Respublikasi fuqarosi tahsil olmoqda.

  1. Tojikiston Respublikasi

Ayni damda universitetning Iqtisodiyot va turizm, jismoniy tarbiya, Pedagogika, Fizika-matematika hamda Arxitektura va qurilish fakultetlarida jami 7 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda.

  1. Turkmaniston Respublikasi

Hozirda universitetimizning Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida 2 nafar Turkmaniston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda.