Jismoniy madaniyat fakulteti 1995-yilning mart oyida Tibbiyot-geografiya fakultetidan ajralib chiqdi va “JISMONIY MADANIYAT” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.
Jismoniy madaniyat fakultetiga nomlari ko’rsatilgan professor-o’qituvchilar fakultet dekani lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
1995-2000 y. dots. J.Toshpo’latov.2000-2001 y. dots. Q.Alimov.2001-2005 y. prof. J.Toshpulatov.2005-2008 y. dots. K.Eshnazarov.2009-2010 y. dots. X.Do’syarov.2010-2012 y. O.Begimqulov.2012-2013 y B.Amonturdiev.2013-2019 y O.Begimqulov.
2019 yildan hozirgi vaqtgacha Ch. Y. Danieva Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat fakultetda hozirgi vaqtda 2 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi, Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari kafedralari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Fakultetda 28 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda shundan 1 nafari professor, 1 nafari p.f.n.,dots, 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi, 7 nafari katta o’qituvchi, 18 nafari o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Ayni paytda fakultetda: Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishida 489 nafar bakalavrlar, 18 nafar magistrantlar tahsil olmoqdalar.
Shuningdek, fakultetda 2019-2023 yillarga mo’ljallangan Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedra o’qituvchisi mustaqil izlanuvchilikka talabgor O’. Salimovning 13.00.04. “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha “Jismoniy mashg’ulotlar jarayonida talaba yoshlar sog’lom turmush tarzini takomillashtirishning regional (hududiy) xususiyatlari” mavzusida, G’. Berdievning 13.00.04. “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha “5-9 sinf o’quvchilarida issiq iqlim sharoitida jismoniy tarbiya darslarini o’tkazish metodikasining samaradorligini oshirish” mavzusida, Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari kafedra o’qituvchisi mustaqil izlanuvchilikka talabgor X. Berdievaning 13.00.04. “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha “Yosh gandbolchilarning boshlang’ich bosqichida kompleks tayyorlash jarayonida xarakatli o’yinlardan foydalanishni takomillashtirishning pedagogik asoslari” mavzusida, N. Xakimovaning 13.00.04. “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha “Yosh kurashchi qizlarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirish borasida milliy raqs va harakatli o’yinlardan foydalanish metodikasi” mavzularidagi mavzularidagi maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Fakultet ma`muriyati:
|
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI DEKANI FIO:Danieva Yarkin Chorievna Qabul vaqti: Seshanba, payshanba 1300-1700 Telefon: +998 97 530 20 68 E-mail: dchoriyevna@tersu.uz
|
|
O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNIFIO: Haqqulov Akbar Abduraupovich Qabul vaqti: Dushanba, juma 1300-1700 Telefon: +998 93 635 10 33 +998 99 420 76 33 E-mail: haqqulovakbar@mail.ru
|
|
ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI FIO: Abdullaev Yashnarjon Maxkamjonovisr Qabul vaqti: Chorshanba, shanba 900-1200 Telefon:+998 90 954 03 72 +998 99 717 18 78 E-mail: abdullayev@tersu.uz
|
|
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini FIO: Xudoyberdiev Shuxrat Mamayusupovich Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba 1400-1700 Telefon: +998 90 747 00 11 E-mail: xudoyberdiyev@tersu.uz
|