Iqtisodiyot va turizm fakultetida Hozirda jami 5 ta ta’lim yo’nalish mavjud bo’lib, ular:
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
5230600-Moliya ta’lim yo’nalishi
5231700-Kadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishi
5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi
5610200-Mexmonxona xo’jaligini tashkil yetish va boshqarish ta’lim yo’nalishi
5230900-Buxgalteriya hisobi va audit
mazkur ta’lim yo’nalishlarda jami 602 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 137 nafari davlat granti asosida, 465 nafari kontrakt asosida tahsil oladi, 34 nafari harbiy qism tavsiyasi asosida o’qishga qabul qilingan bo’lib, shundan 4 nafari davlat granti, 30 nafari to’lov shartnoma asosida qabul qilingan.
Jami talabaning 537 nafari o’zbek millatiga, 56 nafari tojik, 1 nafar qozoq, 1 nafar qirgiz, 2 nafar tatar va 5 nafari turkman millatiga mansub. 475 nafar talabaning 565 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 37 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 8 nafari nogiron, 43 nafari yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:
Moliya
Iqtisodiyot va menejment
Turizm va mehmonxona xo’jaligi
Fakultet professor o’qituvchilarining soni jami 40 nafar bo’lib shundan 9 nafari fan nomzodlari va 1 nafari professor hisoblanadi.
Iqtisodiyot va turizm fakul’teti
1992-yil O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning farmoni bilan Respublikamizdagi barcha Pedagogika institutlari Universitetga aylanishi munosabati bilan Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi ochildi. 1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakul’teti tashkil etildi.
1993-1994 o’quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakul’tet talabalar soni ko’paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakul’tetidan Moliya-menejment fakul’teti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakul’teti ham alohida fakul’tet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil 8 iyuldagi Termiz davlat universitetining Ilmiy Kengash qarori hamda universitet rektori buyrug’i bilan ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakul’teti tashkil etildi. 2007 yil 5 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o’rinbosari A.Parpievning ko’rsatmasi va 2007 yil 30 noyabrdagi Universitet Ilmiy Kengash qarori hamda 2007 yil 28 dekabrdagi universitet rektor buyrug’iga muvofiq Iqtisodiyot-moliya fakul’tetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o’zgartirildi. 2010 yil avgust oyidagi universitet Ilmiy Kengash qaroriga asosan Iqtisodiyot fakul’teti deb nomlandi. 2015 yil sentyabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’tet bo’lib o’zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.
Ushbu davrlarda fakultetga: professor U.U.Umarov, professor A.A.Ro’ziev, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.J.Jo’raev, dotsent A.M.Qoraxonov, dotsent A.S.Oltiev, dotsent O.X.Xatamov, dotsent A.O.Ro’ziev, dotsent M.A.Gadayshoev, dotsent F.X.Baxromov, i.f.n A.A.Avliyaqulov, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.B.Imanov, i.f.n. A.E.Absamatovlar rahbarlik qildi.
FAKULTET MAMURIYATI:
![]() |
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI DEKANI FIO: SAMATOV ZOKIR OLLOQULOVICH Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Juma Telefon: 93.610.33.03 E-mail: Zokir-samatov@mail.ru
|
![]() |
O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNIFIO: TO’LAKOV ULUG’BEK TOSHMAMATOVICH Qabul vaqti: Telefon: +998994200577 E-mail: tulakov77@mail.ru
|
![]() |
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI FIO: ALIYAROV OLIM ABDUG’APAROVICH Qabul vaqti: har kuni Telefon: +998942600737 E-mail: oaliyarov@umail.uz
|
ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNIFIO: MAMADJANOVA TUYG’UNOY AXMADJANOVNA Qabul vaqti: Telefon: +998937945505 E-mail: tmamadjanova@umail.uz |