Rus filologiya fakulteti

O`zbekiston  Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi  hamda O`zbekiston Respublikasining “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi  qonunda belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda universitetda 3-sentabr 2018-yilda Rus filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. Fakultetda ikkita bakalavriat (5120102 – filologiya va tillarni o`qitish: rus tili; 5111306 – rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda) yo`nalishlari va ikkita magistratura mutaxasisligi 5А120102 – Tilshunoslik:(rus tili); 5А120101 – Adabiyotshunoslik: (rus adabiyoti) mavjud.  Fakultet tarkibida ikkita kafedra faoliyat ko`rsatib kelmoqda: Rus tilshunosligi va Rus va jahon  adabiyoti kafedralari.  Ikkita kafedrada jami bo`lib 41 professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib kelmoqda.  Fakultetdab ikkita ta`lim yo`nalishlari bo`yicha jami bo`lib 505 talaba o`qib kelmoqda.

Rus filologiyasi fakulteti

  • Kafedralar:

Fakultet tarkibida 2ta kafedra faoliyat yuritadi. Ular:

  • Rus tilshunosligi;
  • Rus va jahon adabiyoti kafedrasi;
  • Oliy ta`limning birinchi bosqichi, ya`ni bakalavriatura:

Fakultetda jami 2ta ta`lim yo`nalishi mavjud bo`lib, ular:

  • 5120102 – filologiya va tillarni o`qitish;
  • 5111306 – rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda.
  • Oliy ta`limning ikkinchi bosqichi, ya`ni magistratura:

5А120102 – Tilshunoslik (rus tili);      5А120101 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti) mutaxasisliklari kunduzgi shaklda mavjud  bo`lib o`qish muddati 2 yilni tashkil etadi. Hozirda 1-kursda 14 nafar, 2-kursda 6 nafar, jami 20 nafar magistr tahsil oladi.

  • Rus filologiyasi fakultetining 510 dan ortiq talaba va magistrlari, 42 professor-o`qituvchilar tahsil berib kelmoqda. Ulardan 1 nafari filologiya fan doktori, 3 nafari filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 7 nafari kata o`qituvchi, 12 nafari magistrlar, 19 nafari o`qituvchi Fakultetning tarixi o`tgan asrning 70-yillariga borib taqaladi. O`sha paytda kafedrada Lantsuzskiy, Imeryakov, Chumakova kabi respublikada taniqli tilshunos olimlar mehnat qilishgan. Ularning rahbarligida f.f. nomzodlari, dotsentlar F.Arslonova, N.Panjiyev, N.Sukanova, B.Ilyosov, N.Valiyeva kabi iste`dodli mutaxasislar yetishib chiqdi. O`z navbatida, ularning izdoshlari sifatida ilmiy salohiyati bo`yicha boshqalardan kam bo`lmagan iqtidorli olimlardan filologiya fanlari doktorlari D.Qulmamatov, P.Bakirov, filologiya fanlari nomzodi U.Esanov, katta o`qituvchilari O.Xo`janova, Tashmatov B.A. faoliyat ko`rsatmoqda.
  • O`quv davomida qo`shimcha kasbga tayyorgarlik jarayoni: DTS talablaridan kelib chiqib, tanishuv, malakaviy hamda bitiruv oldi amaliyotlari mobaynida qo`shimcha kasbga tayyorgarlik ko`rib boriladi.
  • Bakalavrni tamomlagandan so`ng bitiruvchi:
  • Umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarida “Rus tili va adabiyoti” fanlaridan dars berish;
  • Ta`lim tizimida kabinet mudiri, metodist, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
  • mahalliy oz` -o`zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma`naviyat va marifat markazlarida ishlash;
  • arxivlarda, axborot- resurs markazlarida maslahatchi-metodist;
  • nashriyotlarda, ommaviy axborot muassalarida; qo`lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash va faoliyat yuritish mumkin.
  • Yo`nalishlar bo`yicha fan, kadrlar buyurtmachi talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlarida qo`shimcha va o`zgarishlar bo`lishi mumkin.

 O`qitiladigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlari:

  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Falsafa
  • Rus tili tarixi va dialektologiya
  • Hozirgi rus tili
  • Rus adabiyoti tarixi

Rus tili orfografiyasi

Fakultet ma`muriyati:

RUS FILOLOGIYASI FAKULTETI DEKANI

FIO: Bakirov Poyon Uralovich,  

Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba, juma 1300-1500

Telefon: 91-583-36-20

E-mail: bakirov.poyan@mail.ru

 

 

O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

FIO: Xujanov Umid Tojiyevich

Qabul vaqti: Dushanba, juma 1400-1700

Telefon: 97-243-23-54

E-mail: rubets_u@mail.ru

 

 

ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

FIO: Kamalov Umid Achilovich,

Qabul vaqti: Chorshanba, Seshanba 900-1200

Telefon: 91-579-58-85

 E-mail: Xamzayevnomoz@mail.ru

 

 

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI

FIO: Shatov Ivan Aleksandrovich

Qabul vaqti: Dushanba, seshanba, payshanba shanba  1300-1700

Telefon: (+998 93) 636-59-04

E-mail: shatovi@tersu.uz