Tarix fakultetida 4 ta kafedra Jaxon tarixi, O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik, Fuqarolik jamiyati, Falsafa kafedralari, hamda 07. 00. 01-“ O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash (PhD) faoliyat olib bormoqda. Fakultetda 86 nafar professor-o‘qituvchi: Shulardan 3 nafari tarix fanlari va 2 nafari falsafa fanlari doktori, 22 nafari fan nomzodi va 2 nafari (PhD) , 21 ta katta o‘qituvchi, 36 ta o‘qituvchi. Fakultetda 504 nafar talaba tahsil oladi.
FAKULTET TARIXI:
Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz Davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. 1977—1982 yillarida fakultet dekani etib tajribali pedagog, dotsent B. Jabborov(marxum), faoliyat ko‘rsatdi. 1982—1992 o‘quv yillarida fakultet dekanligini t.f.n.,dots. K.Avliyoqulov(marxum),,1993-1997 yillar prof.X.Turayev(marxum),, 1997-2002 o‘quv yilida dots. X.Toshpulatov(marxum),, 2002-2004 o‘quv yilida dots. A.Isayev (marxum), 2004-2009 o‘quv yilida dots. (xozirda tarix fanlari doktori) Sh.Shaydullayev, 2009-2011 o‘quv yilida dots. (xozirda tarix fanlari doktori) E.Qobilov, 2011-2012 o‘quv yilida dots. N.Mallayev, 2012-2019 yil mart falsafa fanlari nomzodi R.Norliyev, 2019 yil mart oyidan yana tarix fanlari doktori E.Qabulov fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda. Bu yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilari son va sifat jihatidan o‘sdi. M.Oltinov, 3.Mirzayev, Sh.Samadov, E.Bobomurodov, S.Tursunov, Sh. Shaydullayev, E.Qabulovlar fan doktori, J. Shoymurodov (marxum), X. Toshpo‘latov (marxum), B.Qodirov, A.Isayev(marxum), T.Annayev, J,Mirzayev, J.Tursunov, T.Pardayev. U.Mustafoyev, X.Bekmurodov, A.Tuxtayev, Z.Xoliqov, M.Fayzullayeva, X.Xolmuminov, U.Xudaykulov, R.Norliyev, B.Raximov, F.Yormatov, N. Tursunovlar fan nomzodi, O.Muhammadiyeva, S. Turopovalar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoya qildilar.
O‘QUV JARAYONI
Tarix fakultetida bugungi kunda 5120300 – (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 51203001Tarix (islom tarixi va manbashunosligi), 5120400-Arxeologiya, 5111600-Milliy g‘oya: ma’anviyat asoslari va huquq ta’lim bakalavr ta’lim yo‘nalishilar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda “O‘zbekiston tarixi” “Etnografiya,etnologiya va antropologiya”, “Arxeologiya” mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturalar ham mavjud.
Fakultet ma`muriyati:
|
TARIX FAKULTETI DEKANI FIO: Eshbolta Qabulov Otamurodovich Qabul vaqti: Har kuni 1400-1700 Telefon: +998919660044 E-mail: E-mail:eshbolta@mail.ru
|
|
O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNIFIO: Otabek Nazarov Muzrobovich Qabul vaqti: Dushanba, juma 1400-1700 Telefon: +998996732306 E-mail: otabek2014@yandex.ru
|
|
ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI FIO: Xusan Xolmo`minov Eshmo`minovich Qabul vaqti: Chorshanba, shanba 900-1200 Telefon: +998915782920 E-mail: holmo’minov75@mail.ru
|
|
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI FIO: Abdulhakim Bo`ronov Xolliyevich Qabul vaqti: Dushanba, Juma 1400-1700 Telefon: +998915806429 E-mail: bo`ronov73@mail.ru
|