Tabiiy fanlar fakulteti

Hozirgi vaqtda tabiiy fanlar fakultetida  beshta bakalavriat  ta’lim yo’nalishlari  (Biologiya, geografiya, tuproqshunoslik, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, meva-sabzavot va uzumchilik) hamda 5A140101-biologiya (fan yo’nalishlari bo’yicha) va 5A140101- biologiya (zoologiya) magistratura mutaxasisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.Shuningdek fakultetda to’rtta  (Zoologiya,  Botanika, Geografiya, Ekologiya va tuproqshunoslik) kafedralar faoliyat yuritib, unda  1 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodlari, 6 nafar katta o’qituvchilar hamda 20 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.

2019-yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar, shu bilan birga Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda 60 dan ortiq tezislari hamda  8 ta monografiya ishlari chop etildi.

Hozirgi vaqtda fakultetning mazkur kafedralarida fanning turli sohalari, jumladan Zoologiya kafedrasi a’zolari “Janubiy O’zbekiston sharoitida o’simlik va hayvon gelmintlari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, Botanika kafedrasida “Janubiy O’zbekistonning dorivor va xomashyobop o’simliklari, hamda ulardan oqilona foydalanish”, “Surxondaryo viloyat qishloq xo’jaligini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish”, professor A. Ro’ziev nomidagi Geografiya kafedrasida “Janubiy O’zbekiston agrosanoat mujmuasini hududiy tashkil etish va rivojlantirish masalalari” bo’yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Fakultetda 12 ta fan kabinetlari, meteorologik maydoncha, tajriba maydonchasi va yashil auditoriyalar mavjud.

Fakultetda darslarni yuksak saviyada o’tish uchun yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanilishga harakat qilinmoqda. Fakultetda kompyuter sinfi, televizor, videoproektor, elektron doska mavjud, barcha fanlardan elektron darslik va o’quv qo’llanmalar bor. Nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko’rish uchun fakultetdagi barcha ta’lim yo’nalishlari talabalari o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini viloyatning tog’li hududlarida  shuningdek ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida o’tkaziladi.

Fakultetning iqtidorli talabalarining ilmiy ishlari viloyat, respublika nashrlarida chop etilib kelmoqda. Fakultet talabalari nomdor stipendiyalar tanlovida, fan olimpiadalarining Respublika bosqichida va boshqa ko’plab tanlovlarda muntazam qatnashib, sovrinli o’rinlarni  egallab kelmoqdalar.

O’quv binosida joylashgan o’quv zalida hamma fanlardan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari mavjud, kompyuter xonalari, internet tizimi ishlab turibdi. Barcha kafedralar qoshida fan to’garaklari bo’lib, unda talabalarning ma’ruzalari tinglanadi.

Fakultetda ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarning malakaviy ko’nikma va malakalarini amaliy tomondan yanada mustahkamlash maqsadida bir necha kompyuter sinflari va laboratoriya xonalari tashkil qilingan.

Fakultetda olib boriladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlar har bir o’quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasi bo’yicha olib boriladi. Har bir professor-o’qituvchiga 10 tadan talaba biriktirib qo’yilgan. O’quv fanlarini past o’zlashtiruvchi, sababsiz dars qoldiruvchi, tartib intizomi yomon talabalar bilan fakultet dekani va barcha guruh rahbarlari hamkorligida  alohida ishlab chiqilgan ish rejasi asosida tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Talabalarning darslarga qatnashishlari kunlik nazoratda, sababsiz dars qoldiruvchi talabalar bilan guruh rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ota-onalari bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari bilan amalga oshirilayotgan barcha ta’lim-tarbiyaviy, hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlar va buyruqlar, shuningdek,  universitet rektorining buyruqlariga asoslangan holda olib boriladi.

Hozirgi kunda fakultetda 822 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan biologiya ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida o’g’il bolalar- 47 nafar, to’lov-kontrakt asosida-101 nafar, geografiya ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida o’g’il bolalar- 41 nafar, to’lov-kontrakt asosida-106 nafar , ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida o’g’il bolalar- 5 nafar, to’lov-kontrakt asosida-13 nafar , tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida o’g’il bolalar- 20 nafar, to’lov-kontrakt asosida-40 nafar, meva-sabzavot va uzumchilik ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida o’g’il bolalar- 8 nafar, to’lov-kontrakt asosida-12 nafar o’g’il bolalar ta’lim olmoqda. Shuningdek, biologiya ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida qiz bolalar- 43 nafar, to’lov-kontrakt asosida-222 nafar, geografiya ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida qiz bolalar- 19 nafar, to’lov-kontrakt asosida-95 nafar, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida qiz bolalar mavjud emas, to’lov-kontrakt asosida-8 nafar, tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida qiz bolalar- 17 nafar, to’lov-kontrakt asosida-41 nafar, meva-sabzavot va uzumchilik ta’lim yo’nalishida davlat granti asosida qiz bolalar- 3 nafar, to’lov-kontrakt asosida-9 nafar talabalar tahsil olishmoqda.

2019-yilda meva-sabzavot va uzumchilik ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi  Zokirov Qurbonali G’aybullo o’g’li Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi. Geografiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Odilov Salohiddin eng yaxshi “Mustaqil ish”  tanlovida faxrli 2-o’rinni oldi, shuningdek, universitetda tashkil etilgan  tanlovda “Eng faol bloger” nominatsiyasi g’olibligini qo’lga kiritdi.

TABIIY FANLAR FAKULTETI TARIXI:

“Tabiiy fanlar” fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bo’lib, bu fakultet bazasida 1971 yilda “Fizika-matematika”, 1988 yilda “Pedagogika va psixologiya”, 1992 yilda “Iqtisodiyot”, “Ximiya”, 1995 yilda “Jismoniy madaniyat” fakultetlari ajralib chiqdi.

1996 yili “Geografiya” ta’lim yo’nalishining qayta qo’shilishi tufayli “Tabiiyot – geografiya”, keyinchalik tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi.

Turli yillarda fakultetni qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor M. Aramov, biologiya fanlari doktori, professor H. Bo’riev, biologiya fanlari nomzodi, dotsentlar E. Qulmamatov, K. Eshnazarov, B. Xoliqnazarov, A. Sattorov, H. Tangirov, A. Xurramov, Sh. Abdulazizova, M. Xolmurodov, X. Jumaev, geografiya fanlari nolmzodi H. Abdunazarov, A. Sattorov, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi U. Qodirov, G. Ergashev, N. Nurmatov va boshqalar tamomlagan.

Fakultetga qator yillar davomida dotsentlardan A. Qulmamatov, T. Jovliev, B. Samatov, X. Turdiqulov, B. Qodirov, M. Saidov, Q. Amonturdiev, B. Xoliqnazarovlar  fakultet dekani sifatida faoliyat olib borishgan. Hozirgi kunda fakultetga dotsent A. Xurramov rahbarlik qilib kelmoqda.  

Fakultet ma`muriyati:

  TABIIY FANLAR FAKULTETI DEKANI

  FIO: Xurramov Alisher Shukurovich

  Qabul vaqti: Seshanba, payshanba 14:00-16:00

  Telefon: +998937992003

   E-mail: Khurramov10@mail.ru

  O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

  FIO: Ibragimov Akram Jovliyevich

  Qabul vaqti: Dushanba, juma 13:00-16:00

  Telefon: +998937942525

   E-mail: akram_i@bk.ru

 

 

  ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

  FIO: Abdunazarov Husan Mengliyevich

  Qabul vaqti: Chorshanba, shanba 15:00-17:00

  Telefon: +998915826371

   E-mail: abdunazarov68@mail.ru

 

 

   YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI

  FIO: Almatov Baxrom Tuxtamuratovich

  Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba  15:00-17:00

  Telefon: +998919717103

   E-mail: baxrom71@mail.ru