Pedagogika fakulteti

Hozirgi kunda fakultetda: 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5110900- Pedagogika psixologiya, 5210203-Psixologiya (amaliy psixologiya), 5110900-Pedagogika va psixologiya  bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari, 5A 110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi, 5A110902-Pedagogika va psixologiya, 5A210201-Psixologiya (umumiy psixologiya), 5A 111801-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim), 5A 111701-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi Fakultetda jami bo‘lib 775 nafar talabalar taxsil olishadi.

Bundan tashqari Shulardan eng iqtidorli talabalar Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishidan Ochilov Yoqub, Omonova Nilufar, Xurramov Xayotbek, Xolmatova Sadoqat, Usarova Muborak, Panjiyev Juraqullar o‘z soxalari bo‘yicha  respublika miqyosidagi turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqdalar. 

Fakultet tasarrufida 3 ta kafedra: Umumiy pedagogika, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi, Psixologiya kafedralari  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Fakultetning malakali professor o‘qituvchilari tomonidan turli–tuman fanlardan: fan, ilmiy, amaliy, o‘quv to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogika fakultetida kafedralar qoshida qiziqarli ilmiy, o‘quv, fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida “Mohir qo‘llar”, “Yosh bilimdon” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.

FAKULTET TARIXI:

1965 yilda eng dastlabki bo‘limlar qatorida Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti bo‘limi Termiz davlat pedagogika institutining Filologiya fakulteti tarkibida ish boshladi. 1971 yil sentabr oyidan Fizika-matematika, pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti bo‘limlari tabiiyot  fakultetidan ajralib chiqib, matematika-pedagogika fakulteti tashkil etildi. 1974 yilda  bo‘lim tabiyot fakultetiga qo‘shildi. Pedagogika, tarix, ximiya- biologiya bo‘limlari biriktirilib Tabiyot fakultetiga aylantirildi. 1971-77 yilga qadar fakultetga

  1. Mengniyozov, E. Xoliqov, T. Jovliyev, Sh. Samadov, X. Turdiqulovlar rahbarlik qildilar. 1985-88 yillarda fakultetga dotsent B. Qodirov raxbarlik qildi. 1988 yil sentabr oyidan Tabiiyot fakulteti tarkibidan ajralgan Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosida mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. Jahon xalqlari pedagogikasi, Umumiy psixologiya, Pedagogik maxorat, Tillar va nutq madaniyati, Musiqa va tasviriy san’at kafedralari biriktirilib Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etildi. Pedagogika fanlari doktori, professor, Bekmurod Qodirov, p.f.d., prof. O. Xaitov, p.f.d., prof. B. Qodirov, p.f.d. S. Axmedov, taniqli olimlar S. Raximov, M. Qulliyev, B. Sodiqov, A. Oltiboyev, A. Kenjaboyev, Sh. Raxmatullayev, B. Yoriyev, Sh. Yoqubov, R. Mustafoqulov, B. Umrqulov, T. Xaydarov, A. Musurmonov, S. Jo‘rakulov, M. Bozorova, M. Norboshevalar samarali mehnat qildilar. Toshkent DPU, O‘zMU, Qori Niyoziy nomidagi PFITI va boshqa yirik ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalarini o‘rnatgan.

2009 yil 25 avgustda  universitetning yangi o‘quv binosi qurilib ishga tushirildi. Xuddi shu binoda Pedagogika fakulteti va tarix fakultetlari joylashdi. Fakultet binosida ta’limning eng yangi zamonaviy texnologiyalarni qullash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Fakultet ma`muriyati:

  PEDAGOGIKA FAKULTETI DEKANI

  FIO: Mirzayev Mutalib Jo`rayevich

  Qabul vaqti: Seshanba, payshanba 14:00-16:00

  Telefon: 93-633-50-30

   E-mail: mutalib.mirzayev@mail.ru

 

 

  O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

  FIO: Shaymardonov Ilxom Alixanovich

  Qabul vaqti: Dushanba, juma 13:00-16:00

  Telefon: 91-576-82-28

   E-mail: ilxom.shaymardonov@mail.ru

 

 

  ILMIY ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVUNI

  FIO: Achilov Nuriddin

  Qabul vaqti: Chorshanba, shanba 15:00-17:00

  Telefon: 91-905-35-42

   E-mail: terdunuriddin@mail.ru

 

 

   YOSHLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DEKAN MUOVINI

  FIO: Bobomurodov Ikrom Davlatovich

  Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba  15:00-17:00

  Telefon: 93-792-25-25

   E-mail: ikrom.bobomurodov@mail.ru