Ilmiy faoliyat

Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-padagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig`li:
Xoliyorov O‘ral Mengliyevich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari
9 00 – 12 00

Telefon: 93 761-21-46

E-mail: u.xoliyorov@rambler.ru

Telegram: 93 761-21-46

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining meyyoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini o‘z vaqtida tahlil qilish va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish.

Fakultetlar, kafedralar va boshqa bo‘limlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik tadqiqot, ilmiy salohiyatni oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va modemnomalari, universitet ichki buyruqlari va ilmiy kengash qarorlarining bajarilishi va ta’lim sohasidagi ilmiy ishlarning bajarilishini samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.