Nashriyot bo’limi

Termiz davlat universiteti Muharrirlik nashr bo`limi

 

Bo’lim nomi: Muharrirlik nashr bo`limi

Bo’lim boshligi’ 

Qabul vaqti: Chorshanba-Payshanba (09:00 – 11:00)

Telefon:  +99893 634 23 56

 E-mail: termizuniversiteti@mail.ru

 

Bo’lim faoliyati haqida ma’lumot:

“Termiz universiteti” gazetasi  Termiz davlat universiteti muassisligida nashr etiladi. Gazeta viloyat Matbuot va axborot boshqarmasida 11-004 raqam bilan 2018 yil 17 martda qayta ro’yxatdan o’tgan. “Termiz universiteti” ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-badiiy yo’nalishda bo’lib, oyida ikki marta chop etiladi. 

“Termiz universiteti” gazetasida viloyatimiz va universitetdagi eng so’nggi yangiliklar, ta’limga oid qonun hujjatlari, professor-o’qituvchilarning, talabalarning publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalari, badiiy ijod namunalari berib boriladi. Qolaversa, qiziqarli, foydali ma’lumotlar, hikmatli so’zlar ham o’quvchini befarq qoldirmaydi. Gazeta auditoriyasi shu bilan cheklanib qolgan emas. Unda respublikamizning turli sohadagi taniqli vakillari, xorijlik mutaxassislar bilan suhbat, intervyular ham e’lon qilinadi. Tiraji: 7500 ta.

Bo’lim quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi: 

Universitet professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi olimlar, intiluvchan talabalarning ilmiy ishlari, innovatsion g’oyalari, nazariy taklif va tashabbuslarini ommalashtirishda amaliy yordam beradi. Bu vazifani amalga oshirish uchun:

Tegishli talablar asosida yozilgan o’quv, uslubiy, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar hamda tahliliy mavzudagi adabiyotlarning tahrir etilishi va nashrga tayyorlanishini ta’minlaydi;

Mazkur qo’llanma hamda adabiyotlarning sifatli va qisqa muddatda nashr qilinishida amaliy yordam beradi;

Innovatsion g’oyalar, zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va takliflarning keng targ’ib etilishi uchun ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-ma’naviy mavzudagi va boshqa davriy nashrlar bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’yadi;

Termiz davlat universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnomada ko’zda   tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Manzili: Termiz davlat universiteti, ARM binosi 302-xona.