Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

152 Views
 photo_2019-02-28_18-09-46 Prorektor Abdiroxmanov O’tkir Pulatovich

Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor.

Manzil Termiz shahar, Barkamol Avlod ko’chasi 43-uy
Qabul Qabul kunlari haftaning barcha ish kunlari soat 9:00 dan 12:00 gacha.
Telefon: +99891 981 75 00
Telegram: +99891 981 75 00
E-mail

Termiz davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor U.Abdiroxmanovga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’i asosida quyidagicha vazifalar yuklatilgan:

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy xujjatlarini, ko’rsatmalarini amalga oshirish;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, o’quv–tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha universiteti Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlar tomonidan to’liq o’zlashtirilishini tashkil etish;
  • universitet moliya-iqtisod ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • tassarufidagi bo’lim xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, ularga mehnat ta’tillari berish, ularni safarga jo’natish bo’yicha takliflar berish;
  • o’quv binolari va jihozlarning uzluksiz ishlashini taminlash;
  • o’quv binolari, talabalar turar joyi, profilaktoriya, oshxonalar va qo’shimcha binolardagi mebellar, jihozlar va boshqa moddiy boyliklarning doimiy hisobini olib borish;
  • talaba va xodimlarning favquloddagi holatlarda xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • universitet binolarini yong’inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitariya-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
  • o’quv, maishiy binolar qurilishi va ularni ta’mirlash ishlarini olib borish va boshqarish;
  • talabalar va xodimlarga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlarni tashkil etish va doimiy yaxshilab borish;
  • tadbirkorlik ishlarini va qo’shimcha mablag’ ishlab topishni yo’lga qo’yish;
  • talabalar oshxonalari, bufetlari, tibbiy punktlar ishlarining rejasini tuzish va ularning ishlashini ta’minlash;
  • talabalar turar joyi ehtiyojlarini doimiy ta’minlab borish;
  • universitet moliyaviy ahvolini mustahkamlash bo’yicha takliflar tayyorlash va ularni amalga oshirish;
  • buxgalteriya, reja-moliya bo’limi, injener-texnik ekspluatatsiya bo’limi, moddiy-texnik ta’minot bo’limi, xo’jalik bo’limi, bosmaxona va marketing bo’limlari rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
  • byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to’lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o’rnatilgan tartibda amalga oshirish;
  • pulli kontrakt asosida o’qiyotgan talabalardan o’qish uchun to’lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • mavjud bino va inshootlarni rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko’rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • talaba va xodimlarni favquloddagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
  • universitet binolarini barqarorligini ta’minlash, yong’inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash;
  • reja-moliya bo’limi, biznes maktablari, buxgalteriya, xo’jalik, shuningdek, rektor buyrug’i asosida biriktirilgan boshqa bo’limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • universitetning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo’shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o’qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo’lga qo’yish orqali byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o’qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • davlat byudjeti, talabalarni to’lov-kontrakt asosida o’qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag’larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilishini ta’minlash;
  • universitet xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo’jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish;
  • universitetning o’quv laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o’quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida universitet moddiy texnika bazasi holatini o’rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • universitetga investitsiyalar jalb qilish bo’yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta xujjatlarini ko’rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • universitetga tegishli bo’lgan muddatini o’tagan texnikalardan maqsadli foydalanish, belgilangan tartibda universitet hisobidan chiqarish uchun barcha hajjatlarni to’plash va universitet rektoriga taklif tayyorlash
  • g’aznaga naqd pullarni qabul qilishni bosh hisobchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo’yicha rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • g’aznadan boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun naqd pul berishiga yo’l qo’ymasligini nazorat qilish;
  • g’aznadan naqd pul berilishida chiqim kassa orderlari yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisob-varaqlar) bo’yicha ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderini rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan xolda amalga oshirilishi, pul berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchi yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan holda amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • universitet g’aznasida bajariladigan naqd pul operatsiyalari hisobi to’g’risida universitet bosh hisobchisiga doimiy ravishda belgilangan muddatlarda hisobotlarini topshirilishini nazorat qilish;
  • kassa kitobini to’g’ri yuritilishi, kirim qilingan kundan boshlab naqd pulni 3(uch) kun muddatda hisobotini tuzilishi va qoldiq naqd pul mablag’ini bankka topshirilishini nazorat qilish;
  • g’aznachi va ish yurituvchi g’aznachilarning ishlarini nazorat etib borish;
  • universitetdagi barcha kommunal xizmat to’lovlari uchun nazorat olib borish;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ajratilgan limitdan oshiqcha sarflanishining oldini olish chora-tadbirlari rejasi bo’yicha universitet rektorga takliflar bilan chiqish;
  • ish hajmi kamaygan vaqtlarda binolarga elektr energiyasi va tabiiy gazni grafik asosida berish hamda keraksiz joylardagi elektr energiyasini vaqtincha tarmoqdan uzib qo’yilishini nazorat qilish;
  • universitetda ishlatilayotgan telefonlarning nazorati va to’lovlarining amalga oshirilishini nazorat qilish;
  • byudjetdan tashqari maxsus mablag’lar tushumi hisob-kitobini olib borish
  • shtat, byudjet va hisob intizomiga to’g’ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • universitetni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish;
  • bo’sh lavozimga xodimlarni tanlov komissiyasi a’zolari va tarkibiy bo’linmalarning rahbarlari suhbatlaridan o’tganidan keyin mas’ul xodimlarning fikrlari ishga o’tuvchi talabgor xodimning universitet rektori nomiga yozgan arizasiga to’liq yozma bayon etgan holda universitet rektoriga tavsiya etish;
  • bo’sh lavozimga ishga qabul qilinayotgan xodimga universitet rektorining ishlashga ruxsat etilgan ko’rsatmasi yoki mehnat shartnomasi tuzilgandan, ishga qabul qilish buyrug’i rasmiylashtirilgandan so’ng ish boshlashiga ruxsat etish, boshqa hollarda ishga o’tuvchi talabgor xodimning ishga kirishishi qat’iyan ta’qiqlash;
  • tarkibiy bo’linmasidagi xodimlarining mehnat faoliyati uchun to’liq javobgarlik qilish;
  • -tadbirkorlik ishlarini takomillashtirish natijasida universitet iktisodiy samaradorligini bevosita ta’minlaydi, byudjetdan tashkari mablag ishlab topish choralarini ko’rish;
  • universitetning xo’jalik xizmatlari, madaniy-maishiy muassasalariga bevosita nazorat qilish, auditoriyalar, laboratoriyalar, xonalar, o’quv-sport bazalari, talabalar uylari, oshxona-bufetlarning zaruriy sanitariya-gigiyena holatini ta’minlash;
  • professor-o’kituvchilar tarkibining moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini ko’rish;
  • mehnat va turmush sharoitlarini normallashtirish tadbirlarini tashkil qilish;
  • sport soglomlashtirish lagerlari, sogliqni saklash maskanlari, oshxonalar, bufetlar, profilaktoriy, parhez va imtiyozli ovkatlanish; sanitar va profilaktik sog’lomlashtirish rejasini tuzadi va unga amal qilib, tadbirlarini o’tkazish;
  • tibbiy ko’riklar, emlash, dezinfektsiya va boshqalarni o’tkazish; jamoatchilik asosida ishlovchi to’garaklarni va universitet miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarni o’tkazishga ko’maklashish va ta’minlash (havaskorlik to’garaklari, sport sektsiyalari, o’yinlari va boshqalar);
  • maishiy, mehnat va texnika havfsizligi masalalari bo’yicha kasaba uyushma ko’mitasida o’z vakiliga ega bo’lish;
  • universitet xududini va talabalar turar joylarini obodonlashtirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

– ma’ruza zallarini, auditoriyalarini, yo’laklarni va daxlizlarni jihozlash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o’quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o’zining xizmat vazifalariga rioya
etish

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support