TERDUDA “BILIMLAR KUNI” TADBIRLARI KENG NISHONLANMOQDA

86 Views

Bugun erta tongdan Termiz davlat universitetidagi barcha fakultet kirish eshiklari oldida fakultetlar professor-o’qituvchilari talaba-yoshlarni o’zgacha mehr, sog’inch bilan kutib oldilar. Ayniqsa talaba-yoshlarni karnay-surnay sadolariyu, Ona Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar bilan kutib olinganligi bilimga bo’lgan tashna yurak egasi bo’lmish talaba-yoshlar qalbida o’zgacha iliqlik uyg’otdi.photo_2019-09-04_11-53-48photo_2019-09-04_11-53-27Endigina talabalik baxtiga muyassar bo’lib turgan 1-kurs talabalarining his hayajonlarini ularning ko’zlaridan, hayajonli nigohlaridan ilg’ab olish qiyanmasdi.photo_2019-09-04_11-53-31photo_2019-09-04_11-53-34Dastlab tadbirni universitetning o’quv ishlari bo’yicha prorektori O’.Axmedov kirish so’zi bilan ochib barcha yig’ilganlarni Mustaqilligimizning 28 yilligi va bilimlar kuni bilan qutladi. Shundan so’ng so’z olganlar bugungi shodiyona bilan yig’ilganlarni tabriklab eng ezgu tilaklarini bildirishdi.photo_2019-09-04_11-53-37photo_2019-09-04_11-53-43Bilimlar kuniga bag’ishlangan tadbirlar yakunlangach barcha fakultetlarda “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etildi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support