ILMIY HAMKORLIK YO’LIDA – YANA BIR QADAM

345 Views

2019 yil 29 may kuni Termiz davlat universitetiga Rossiyaning Vladimir davlat universiteti Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig’i Naumova Lyubov Ivanovna, Xalqaro ta’lim markazi direktori Vaxromeeva Yekaterina Viktorovna hamda Chet ellik talabalar assotsatsiyasi raisi o’rinbosari Anamatov Sohib Saitmurod o’g’li tashrif buyurishdi.f1b5bab0f37df84546ed96ab6ef05ed39c9972368a 837c803ea362077a25043Tashrifning dastlabki kuni mehmonlar Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, universitetlar o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida ilmiy tadqiqot sohasida, talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilarning malaka oshirishini yo’lga qo’yish bo’yicha memorandum imzolandi.eb1327a6294ca9c1713ec69d9f4592291effa8566cShundan so’ng universitet faollar zalida professor-o’qituvchi va talaba-yoshlar bilan davra suhbati o’tkazilib, Rossiyalik olimlar Vladimir davlat universitetidagi ta’lim va mavjud imkoniyatlarni yoritib beruvchi prezentatsiyalar namoyish etishdi.edf34874854f2d5e4581cc95c5ae309fefacf6286c“Меҳмон отангдек улуғ”- деган доно халқимиз. Шу муносабат билан университетнинг ёзги ошхонасида меҳмонлар шарафига ўзбекона урф-одатлар асносида ташкил этилган дастурхон атрофида дилдан суҳбат қурилди.2688775223fac1e1630cfKechga yaqin universitet rahbariyati tomonidan TTJlarda turuvchi 1200 nafardan ortiq talaba-yoshlar uchun doshqozonlarda osh damlanib tarqatildi hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning ijrosini ta’minlash, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet hovlisida iqtidorli talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.458720bbb5a36b4914fb0bf97894d1f31de82a7c3dЭнг қувонарлиси, Россиялик меҳмонлар ҳам ушбу кечада иштирок этишиб жамоадаги уюшқоқлик, аҳиллик ўзаро ҳурмат ва меҳр-оқибат каби инсоний муносабатларни кўриб қалбларида университет жамоасига бўлган ҳурмат ҳисси янада ортганлигини чин кўнгилдан эътироф этишди.8c1093269281e322f70ea7b0836d1beec1e0bc9a9a

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support