309 Views

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 martda o’tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 10-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 29-may kuni Termiz davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti “Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari” kafedrasi o’qituvchisi Q.Q.Haqnazarov tomonidan “Surxon sport majmuasi” stadionida “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan Arxitektura ta’lim yo’nalishi 1-kurs 102-guruh talabalariga “Basketbol o’yin qoidalarini o’rgatish” mavzusida sayyor dars o’tdi.1Talabalar o’tilgan darsdan qoniqish hosil qilishganini, mavzu Basketbol mashqlari misolida tushuntirilganini aytib, aynan ta’lim muassasalarida qo’l kelishini ta’kidlashib, dars qiziqarli o’tgani uchun o’qituvchiga minnatdorchilik bildirishdi. Dars qiziqarli o’tdi. “Surxon” sport majmuasi raxbariyati sayyor dars o’tish uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishdi.2Basketbol sport maydonchasida yaratilgan sharoitlardan talabalar juda ma’mnun bo’ldilar. Sayyor darsda oldinga qo’yilgan maqsadga erishildi. Sayyor darslarni o’tish natijasida talabalarga yaratib berilgan sharoitlardan ularning darsga bo’lgan qiziqishlari yanada kuchayadi xamda ularning amaliy darsdagi tajribalari oshadi. Bundan keyin xam shunday sayyor darslarni ko’paytirish kerak.3Xulosa: Sayyor darslarni auditoriyadan tashqarida, ya’ni sport ob’ektlarida o’tkazish natijasida talabalarning o’z mutaxassisligiga nisbatat qiziqishi yanada ortishi kuzatildi. Ular bo’lajak kasblariga oid nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishdi. Bundan keyin xam shunday sayyor darslarni ko’paytirish kerak.

Taklif: Sayyor darslarning salmog’ini ko’paytirish lozim.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support