Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



75 Views

Kuni kecha bo’lib o’tgan Termiz davlat universiteti Kengashida to’qqiz nafar professor- o’qituvchilarga doktorlik diplomlari, unvon attestatlari topshirildi.

Ma’lumot uchun:

2010 – 2017 yillar mobaynida universitet professor o’qituvchilari dissertatsiya himoyalari mutlaqo bo’lmagan.

2018 yilda 6 ta doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

2019 yilning o’tgan besh oyi davomida 8 ta doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi va yil oxirigacha 35 ta doktorlik dissertatsiyalari himoyasi kutilmoqda.

Bu albatta, muhtaram Prezidentimizning ta’lim islohotlari, ilm-fanga bo’lgan e’tiborlari va olimlarga yaratib bergan sharoitlari natijasidir.

Ilm yo’lidagi mashaqqatlarni zimmasiga olgan hamkasblarimizga muvaffaqiyat tilayman.

Har yili universitetimizga qabul kvotalari 20 foizga oshayotgan, oxirgi ikki yilda 5 ta yangi fakultet va ko’plab yangi ta’lim yo’nalishlari ochilayotgan bir vaqtda universitet maqomini saqlash, raqobatbordosh kadrlar yetishtirish Siz azizlarga bog’liq.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support