Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



SURXON YOSHLARI – VILOYAT CHEMPIONI

15 Views

Joriy yilning 16 may kuni viloyat san’at saroyining yozgi amfiteatrida Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazib kelinayotgan “Janub zukkolari” bellashuvining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari”, Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialining “Janub yulduzlari”, Toshkent texnika universiteti Termiz filialining “Boshqacha” hamda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining “UzAf” jamoalari o’zaro bellashdilar. Jamoalarning har bir chiqishlarining hangomayu – kulguga, qiziqarli voqea – hodisalarga boyligi tomoshabinlar qalbida o’zgacha mamnuniyat uyg’otdi. Murosasiz o’tgan bellashuvda “Surxon yoshlari” viloyat chempionligi kubogini qo’lga kiritish bilan birga, Samarqand shahriga sayohat qilish imkoniyatiga ham ega bo’lishdi.

“Rektorimiz A.Toshqulovning bellashuv oldidan biz bilan uchrashib, bizga omad tilaganliklari, g’alaba qozonishimizga ishonishlarini aytganliklari, bizning g’alabaga bo’lgan ishtiyoqimizni yanada oshirdi, biz bu ishonchni oqlash yo’lida astoydil harakat qildik va g’alaba qozondik” – dedi “Surxon yoshlari” jamoasi sardori Muxlis Allaberdiyev.

G’alabang muborak “Surxon yoshlari”

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support