Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



“ TALABALAR TEATR STUDIYALARI ” festivali o’tkazildi

37 Views

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da “Yoshlar festivallari” doirasida Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida Talabalar teatr studiyalari festivalining saralash bosqichi o’tkazildi. Unda Termiz davlat universitetining “Oltin avlod”, Termiz davlat universiteti Denov filialining “Uchqun” hamda Toshkent davlat Agrar universiteti Termiz filialining “Quvnoq yoshlar” talabalar teatr studiyalari ishtirok etishdi.a3e862175b927733b6d94“Oltin avlod” talabalar teatr studiyasi Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, “Uchqun” talabalar teatr studiyasi Abdulla Qaxxorning “Mayiz yemagan xotin”, “Quvnoq yoshlar” talabalar teatr studiyasi Nurulloh Abbosxonning “Jaydari kelin” asari asosida tayyorlagan spektakllarini namoyish etishdi.9e7307b93d13294d22917Mazkur festival mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan har tamonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, talaba-yoshlarni sanatga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, iqtidorli yoshlarga o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish hamda ularni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.77077Festivalda g’oliblikni qo’lga kiritgan Termiz davlat universitetining “Oltin avlod” talabalar teatr studiyasi g’oliblikni qo’lga kiritib keyingi bosqichga qatnanish huquqini qo’lga kiritdi .a0d77487c76047ae3a471

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support