Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi

253 Views

Joriy yilning 27-28 aprel kunlari Boysun tumanida bo’lib o’tadigan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali doirasida bugun Termiz davlat universitetida “Jahon sivilizatsiyasi: Boysun moddiy va ma’naviy madaniyati” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

Anjumanning ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, senator A.Toshqulov, Surxondaryo viloyati hokimi o’rinbosari R.Choriyev, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov va boshqalar mamlakatimizda an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan mazkur tadbirning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida atroflicha fikr yuritdi.d9f9fce904e3e6d39ccfd96bb8665ba3ac2b3c94a9So’zga chiqqanlar, shuningdek, festival Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ham alohida ta’kidladi.

Anjuman ishtirokchilari dunyo ahlini o’ziga chorlayotgan so’lim, osuda va nodir go’sha tarixi, nafis va boy nomoddiy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi, etnografiyasi va arxeologiyasining jahon taraqqiyotida tutgan o’rni hamda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq masalalarni ilmiy jihatdan muhokama etishdi.6d3455f0ec769326eba2cShuningdek, sho’’ba yig’ilishlarida “Surxon vohasining etnomadaniy hayotida Boysun madaniyati va ma’naviyatining o’rni”, “O’zbekiston madaniyati rivojida folklor san’atining ahamiyati”, “Boysunning tarixiy va ekoturizm salohiyati xalqaro turizmning yangi tarmog’i sifatida”, “Xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga – Boysun madaniy muhitining ta’siri” kabi mavzular chuqur tahlil qilindi. Mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.80690a9623b89f9edc12bKonferentsiya ishtirokchilarining o’zbek, ingliz va rus tillaridagi ilmiy ma’ruza hamda maqolalari alohida to’plam sifatida nashr etildi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support