Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDUda Festival mehmonlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

55 Views

Termiz davlat universitetida istiqomat qilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali mehmonlari bo’sh vaqtlarida universitet talabalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalarni o’tkazishmoqda. Yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirokidagi uchrashuv O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari bilan o’tkazildi. Unda viloyatlar va poytaxtdan tashrif buyurgan bir gurux yozuvchi va shoirlar talaba-yoshlarga ijod mashaqqati va zavqi, bugungi adabiy jaarayon, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor kabi mavzularda suhbat qurishdi. Dildan o’qilgan she’rlar barchaga ijod zavqini ulashdi. Musiqa ta’limi yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan yurtimizning ko’zga ko’ringan san’atkorlari davra suhbatini o’tkazishdi. San’atkorlar mazkur yo’nalish talabalari uchun yaratilgan ijodiy sharoitlarni kuzata turib, ularga yuqori baho berishdi. San’tkor mehmonlar tomonidan berilgan o’zbek musiqa san’atiga oid qimmatli ma’lumotlar, ular ijrosijagi kuy-qo’shiqlar barchaga birdek zavq ulashdi. Eslatib o’tamiz, bunday tadbirlar festival yakuniga qadar davom etadi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support