Trulli Trulli Trulli Telefon: 0 (376) 221-74-55 E-mail: termizdu@umail.uz Trulli Trulli Trulli



TerDU XALQARO BAXSHICHILIK KONFERENTSIYASINI O’TKAZISHGA SHAY

250 Views

Avval xabar berganimizdek, Surxon diyorida 5-10 aprel kunlari o’tkaziladigan Xalqaro baxshichilik festivali doirasida 6 aprel kuni ilmiy-amaliy xalqaro Konferentsiya ham o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Dunyoning 70 dan ortiq davlatlarining olimlari, ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etadigan mazkur anjuman Termiz davlat universitetining faollar zalida bo’lib o’tadi. Buning uchun universitetda barcha tayyorgarliklar a’lo darajada ko’rildi. Konferentsiya zali zamonaviy texnikalar bilan jihozlandi, ishtirokchilarga yuqori xizmat ko’rsatish sharoitlari yaratildi, mavzu doirasidagi maqolalar to’plam xoliga keltirildi.

Universitet talabalaridan tarkib topgan tarjimonlar guruhi shakllantirildi va universitet professor-o’qituvchilari chet ellik mehmonlarga baxshichilik bilan bog’liq ma’lumotlarni ilmiy va ko’rgazmali vositalar yordamida berib borishadi.

Oliygohning har bir xududida festival shukuhini berib turuvchi ko’rgazmalar, banerlar, baxshichilik bilan bog’liq videoroliklar namoyishi tashkil etildi.

Umuman olganda konferentsiya ishtirokchilarini yuqori saviyada kutub olish va tadbirni ko’ngildagidek o’tkazish uchun universitet tayyor.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support