“Otchopor”dagi tayyorgarlik so’ngi pallaga kirdi

280 Views

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo’lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g’oyalarni o’zida mujassam etgan Navro’z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro’z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.

2019 yil 17 mart kuni Termiz tumanidagi “Otchopar”da o’tkaziladigan “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchi,  ishchi – xodim, talabayu – yoshlari bir necha kun  davom etgan tayyorgarlik ishlarida faol ishtirok etishdi.photo_2019-03-16_18-45-13Universitet jamoasi o’zlari uchun ajratilgan hududda  inson o’zini tabiat farzandi, uning ajralmas bir qismi deb his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni asrab-avaylashga, bugungi tinch, erkin va farovon hayotni qadrlab, uni himoya qilib yashashga chorlaydigan  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirishgan.photo_2019-03-16_18-45-14 photo_2019-03-16_18-45-19Bugundan esa doshqozonlarda bahor faslining tansiq taomlaridan bo’lgan sumalak va halim pishirila boshlandi.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support